» » UFC afsonasi Daniel Kormye MMA’dagi faoliyatini yakunladi

UFC afsonasi Daniel Kormye MMA’dagi faoliyatini yakunladi


Ikki vazn toifasida UFC sobiq chempioni Daniel Kormye og‘ir vazn chempioni Stipe Miochichga qarshi kechgan jangi haqida fikr bildirdi va faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi.

“Stipe yaxshi harakat qildi. U menga ko‘plab muammolar tug‘dira oldi. Hozirda chap ko‘zim hech nimani ko‘rmayapti.

Meni uzoq vaqt klinchda ushlagani hayron qoldirdi. Biroq nima bo‘lgan taqdirda ham trilogiyaning ikkita jangida yutqazish yoqimsiz holat.

Avval aytganimdek, bu so‘nggi jangim. Bu yaxshi jang bo‘ldi. Ajoyib yo‘lni bosib o‘tdim, ammo bu chempionlik unvoni uchun da’vogarlik qilgan so‘nggi jangim edi”, — deydi 41 yoshli Kormye.

Eslatib o‘tamiz, Kormye UFC 252 musobaqasida Stipe Miochichga qarshi jang qildi va ochkolar hisobda mag‘lub bo‘ldi. Bu yakkakurashchilar ishtirokidagi o‘zaro uchinchi jang bo‘ldi. Undan avval har ikki jangchida bittadan g‘alaba bor edi.

Daniel Kormye MMA’dagi faoliyati mobaynida 25 ta jang o‘tkazib, ularning 22 tasini g‘alaba bilan yakunlagan va uch bor mag‘lub bo‘lgan. Kormye mag‘lubiyatlarining ikkitasini Miochichdan va yana birini Jon Jonsdan qabul qilib olgan.

UFC 252 musobaqasidagi barcha janglarni tomosha qiling (video)

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-08-2020, 10:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 5) ( 0) ( 4) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют