» » O‘zbekistonda yil boshidan buyon sodir bo‘lgan YTHlarning qanchasi o‘lim bilan yakunlangani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda yil boshidan buyon sodir bo‘lgan YTHlarning qanchasi o‘lim bilan yakunlangani ma’lum qilindi


O‘zbekistonda 2020-yilning o‘tgan yetti oyi davomida jami 3012 ta yo‘l-transport hodisasi yuz bergan bo‘lib, bu o‘tgan yilning shu davridagi YTHlarga (3333 ta) nisbatan 9,6 foizga kam, deb xabar bermoqda IIVning Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi.

Ushbu YTHlardan o‘lim bilan yakunlangan holatlar soni 808 tani tashkil etgan, shuningdek, 2204 ta YHTda esa tan jarohati olingan qayd etilgan.

Yo‘l-transport hodisalarining 1387 tasi (46 foizi) piyodalar, 503 tasi (16,7 foizi) bolalar va 101 tasi (3,4 foizi) velosipedchilar ishtirokida sodir etilgan.

YTHlarning 28 foizi piyodalar yo‘lning belgilanmagan joyidan o‘tishi, 16 foizi belgilangan tezlikka rioya qilmaslik, 9,3 foizi piyoda yo‘lga to‘satdan chiqib qolishi, 6,7 foizi quvib o‘tish yoki qarama-qarshi yo‘nalishga chiqish, 3,4 foizi velosipedlar yo‘lning qatnov qismida harakatlanishi va 2,3 foizi avtomobilni mast holatda boshqarish sabablariga ko‘ra yuz bergan.

Yo‘l transport hodisalarining 62,9 foizi kunduzi, 37,1 foizi tunda sodir etilgan.

Respublika bo‘ylab eng ko‘p YTH Farg‘ona viloyatida — 497 ta, Toshkent viloyatida — 365 ta va Toshkent shahrida — 340, eng kami esa Sirdaryo (70) Jizzax (77) hamda Navoiy (90) viloyatlarida qayd etilgan.

Mavzuga doir: Namanganning markaziy ko‘chalari bo‘ylab avariyalarda shikastlangan avtomobillar aylantirildi (foto+video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-08-2020, 13:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют