» » Karbon kuzovli Ford GT superkari 1,8 mln yevroga baholandi (foto)

Karbon kuzovli Ford GT superkari 1,8 mln yevroga baholandi (foto)


Mansory atelyesi karbon kuzov va 710 ot kuchli motorga ega Ford GT superkarini sotuvga qo‘ydi. Uch nusxada ishlab chiqarilgan mashina 1,8 million yevroga baholanmoqda, deb xabar beradi Motor.

Germaniyaning Mobile saytida Ford GT’ning Le Mansory seriyasiga kiruvchi superkarlaridan biri sotuvga qo‘yilgani to‘g‘risida e’lon paydo bo‘ldi. Mansory muhandislari Amerika kupesining kuzovini almashtirgan, yangi optika o‘rnatgan, dvigatelini kuchaytirgan va 21 dyuymli g‘ildiraklar kiyg‘izgan.

Shuningdek, mashina saloniga ham o‘zgartirish kiritilgan: Mansory dizaynerlari interyerni uglerod plastik bilan bezagan, yangi o‘rindiqlar o‘rnatgan, eshik qismlarini charm bilan, shuningdek, old panel va shift qismni alkantara bilan qoplagan. Atelyening ma’lum qilishicha, “Ford GT’ning har bir tarkibiy qismiga o‘zgaritish kiritilgan”.

Ford GT Le Mansory — taniqli atelyening eng qimmatbaho modellaridan hisoblanadi. Rolls-Royce Cullinan’ga bog‘liq loyihalar ham bundan ikki barobarga arzon tushgan hatto.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-08-2020, 13:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 119) ( 0) ( 116) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют