» » Uychi tumani mutasaddilari karantinda ziyofatda o‘tirgani aks etgan video tarqaldi. Lavhada ko‘ringan tuman hokimi o‘rinbosariga “hayfsan” berildi

Uychi tumani mutasaddilari karantinda ziyofatda o‘tirgani aks etgan video tarqaldi. Lavhada ko‘ringan tuman hokimi o‘rinbosariga “hayfsan” berildi


Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyati Uychi tumani mutasaddilari ishtirokidagi ziyofat videosi tarqaldi; ta’kidlanishicha, tadbir kuchaytirilgan karantin tartibi amal qilayotgan, xususan, ko‘pchilik ishtirokida yig‘in-marosimlar o‘tkazish taqiqlangan vaqtda yuz bergan.

Uychi tumani hokimligi axborot xizmati rahbari Muhammadali Qambarovning “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonovga ma’lum qilishicha, ziyofat 28-iyun kuni tumandagi yemakxonalardan birida uyushtirilgan (ma’lumot uchun, 26-iyun holatiga ko‘ra Uychi tumani “qizil” hudud bo‘lgan, shu bois tumandagi umumiy ovqatlanish muassasalarida ziyofat o‘tkazish mumkin emasdi).

“Lavhada ‘Uychi tumani hokimi’ deya qayta-qayta aytilgan bo‘lsa-da, tasvirda aslida tuman hokimining qurilish ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Muxtorjon Bobojonov aks etgan. Bundan tashqari, ziyofatda tuman IIBning tashkiliy ishlar bo‘limi boshlig‘i Husanboy To‘xtaboyev hamda Namangan shahar Davlat xizmatlari markazi boshlig‘i Nodirbek Isomiddinov ham qatnashgan”, — dedi Qambarov.

Videoda davra o‘rtasida berilib doira chalayotgan fuqaro esa uychilik sozanda Muxtorjon Tursunov, qolgan fuqarolar esa ularning do‘stlari. “Garchi ushbu holat dam olish kuni, ishdan tashqari paytda bo‘lib o‘tgan bo‘lsa-da, kasb odobi va etikasiga to‘g‘ri kelmasligini bildiramiz”, — deya qo‘shimcha qildi Muhammadali Qambarov.

Tuman hokimligi vakilining alohida qayd etishicha, Muxtorjon Bobojonov mas’ul rahbar bo‘la turib, karantin qoidalariga amal qilmagani, xatoga yo‘l qo‘yganligi va mazkur xatti-harakatlari uchun unga tuman hokimining 12-avgustdagi farmoyishi bilan “hayfsan” intizomiy jazosi qo‘llanilgan.

Husanboy To‘xtaboyevning xatti-harakatlari yuzasidan esa tuman IIB tomonidan xizmat tekshiruvi olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-08-2020, 14:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют