» » Italiyada COVID-19’ga chalinganlar soni oshgani sababli karantin cheklovlari kuchaytirildi

Italiyada COVID-19’ga chalinganlar soni oshgani sababli karantin cheklovlari kuchaytirildi


Italiyada koronavirus bilan kasallanish holatlari soni, ayniqsa, yoshlar orasida oshgani sababli karantin cheklovlarini kuchaytirishga qaror qilindi. Bu haqda 17-avgust kuni Reuters xabar berdi.

Qayd etilishicha, Italiyada o‘tgan haftadagi yangi kasallanish holatlari soni uch hafta oldingiga qaraganda ikki baravardan oshgan. Virusga chalinganlarning o‘rtacha yoshi 40 yoshdan tushgan.

Shu sababli mamlakatda diskotekalar va tungi klublarni yopishga qaror qilingan, shuningdek, kechki payt ochiq havoda yurganlarga niqob taqish majburiyati joriy etildi. Yangi tartib 17-avgustdan kuchga kiradi va sentabr boshigacha amalda bo‘ladi. Niqobni soat 18:00 dan 6:00 gacha odamlar to‘planishi mumkin bo‘lgan bar va pablar yaqinidagi joylarda taqish kerak bo‘ladi.

Ekspertlar kasallanishlar soni ortishida tungi hayot, odamlarning mehnat ta’tilidan qaytgani va yoshlarning ijtimoiy masofalanish qoidalariga rioya qilmayotganini sabab qilib ko‘rsatgan.

Eslatib o‘tamiz, 21-iyul kuni mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Roberto Separansa Italiya koronavirus epidemiyasini yengganini ma’lum qilgandi. Uning aytishicha, so‘nggi oylar Italiya tarixida Ikkinchi jahon urushi davridan buyon eng qiyin vaqt bo‘lgan. Shu bilan birga, mavjud vazir vaziyat kasallik ortda qoldi, deb aytishga hozircha imkon bermaydi. Vaksina paydo bo‘lganidan keyingina to‘liq g‘alaba haqida gapirish mumkin.

Mavzuga doir: Italiyada COVID-19 bilan kasallanish holatlarining keskin oshgani qayd etildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-08-2020, 14:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют