» » Krishtianu Ronaldu Andrea Pirlo bilan gaplashib, “Yuventus”dagi kelajagiga oydinlik kiritdi

Krishtianu Ronaldu Andrea Pirlo bilan gaplashib, “Yuventus”dagi kelajagiga oydinlik kiritdi


“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Turin klubini tark etmoqchi emas.

CalcioNews’ga ko‘ra, portugaliyalik futbolchi jamoaning yangi bosh murabbiyi Andrea Pirlo bilan gaplashib, uning rejalarini muhokama qilgan. Pirlo Ronalduni “Yuventus”ning asosiy o‘yinchisi ekanligiga ishontirgan va klub uni sotmasligini ma’lum qilgan.

Hozircha hujumchi o‘z atrofidagi mish-mishlarga (jamoani tark etishi haqidagi) e’tibor bermayapti.

Avvalroq ispaniyalik taniqli jurnalist, futbol eksperti Gilyem Ballage “Yuventus” Ronalduning yuqori maoshi tufayli undan qutulishni istayotgani haqida xabar bergandi. U Ronalduning ko‘plab klublarga, xususan “Barselona”ga ham taklif qilganini da’vo qilgandi.

Ma’lumot uchun, Ronalduning “Yuventus” bilan shartnomasi 2022-yil yozida yakuniga yetadi.

Ronaldu 2018-yil yozida “Real”dan “Yuventus”ga o‘tgandi. Futbolchi 2019/20-yilgi mavsum Italiya chempionatida 33 ta o‘yin o‘tkazib, 31 ta gol urib, 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-08-2020, 16:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют