» » Foto: 90-yillarda mashhur bo‘lgan “Yolg‘on asirasi” seriali qahramonlari 22 yildan keyin

Foto: 90-yillarda mashhur bo‘lgan “Yolg‘on asirasi” seriali qahramonlari 22 yildan keyin


Meksika kinoijodkorlari tomonidan taqdim qilingan “Yolg‘on asirasi” ko‘p qismli seriali o‘ziga xos sujeti, aktyorlar ijrosi sabab millionlab muxlislar qalbidan joy olgan. “Yandeks Dzen” mazkur serialda bosh rollarni ijro qilgan aktyorlar haqida ma’lumotlar bilan bo‘lishadi.

“Yolg‘on asirasi”, AQShda o‘z janri bo‘yicha eng yuqori reytingni qayd qilgan bo‘lib, Amerika televideniyesi tarixida eng ko‘p ko‘rilgan telenovella deb topilgan.

Gabriela Spanik

Venesuelalik aktrisa va qo‘shiqchi Gabriela Spanik serialda egizak opa-singillar rolini ijro qilgan. 1991-yilda kichik rollarni ijro qilgan Gabrielaga 1992-yilda omad kulib boqadi. Shu yili o‘tkazilgan Venesula go‘zali tanlovida birinchilikni qo‘lga kiritadi va 1997-yilga qadar turli telenovellalarda suratga tushadi.

1999-yilda Meksikaning “Televisa” telekompaniyasi bilan shartnoma tuzadi va unga binoan “Yolg‘on asirasi”da bosh rolni ijro qiladi. Film muvaffaqiyatidan keyin “Televisa”ning boshqa loyihalarida ham ishtirok etadi. 2005-yilda musiqiy karyerasini boshlaydi va ilk albomini taqdim qiladi. Qo‘shiqchilik va aktrisalikdan tashqari Warner Bros. fitness dasturini ham olib boradi. Gabrielaning, Daniela ismli egiz singlisi bor va u aktrisa hamda modellik faoliyati bilan shug‘ullangan.

Aktrisa 1995-yil Aktor Migel de Leonga turmushga chiqqan va 2002-yilda ajrashgan. Bunga farzandining otasi unga qo‘l ko‘targani sabab bo‘lgan. 47 yoshga to‘ladigan aktrisa karyerasi davomida 23 marta kinoda suratga tushib ulgurgan.

Fernando Kolunga

Serialda o‘zining kelishgan tashqi ko‘rinishi bilan esda qolgan aktyor Fernando Kolunganing asl kasbi muhandis, lekin ushbu sohada biron marta ham faoliyat olib bormagan. Uning san’at olamiga kirib qolishiga, teatrdagi kastingda ishtirok etgani va qabul qilingani sabab bo‘lgan. Shundan keyin Kolunga “Televisa” qoshidagi aktyorlik mahorat maktabiga qatnay boshlaydi. Serialda suratga tushguniga qadar u teatrda rol ijro qilgan. Kino va seriallardagi faoliyati esa “Shirin istak” filmida dublyor sifatida rol ijro qilganidan keyin boshlangan. Ammo unga omad “Haqiqiy sevgi” serialida Adela Noryego bilan juftlik rolini gavdalantirgani sabab bo‘lgan. Shundan keyin har ikki bosh qahramon ijrochisi eng yaxshi aktyor va aktrisa nominatsiyasi bo‘yicha mukofotni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan.

Hali oila qurmagan Fernando, ayni vaqtda aktrisa Lusero bilan uchrashadi. 2020-yilda 54 yoshni qarshilagan aktyor ijro qilgan rollari arsenalida 29 kinofilmni ko‘rish mumkin.

Dominika Paleta

Serialda bosh qahramonga turmushga chiqish niyatida bo‘lgan Xemani gavdalantirgan aktrisa Dominika Paletaning “Yolg‘on asirasi”dagi roli unga muvaffaqiyat olib kelgan. Aktrisa 2000-yilda aktyor Fabian Ibarra bilan turmush qurgan va ikki qiz farzandini dunyoga keltirgan. San’at tarixi bo‘yicha tahsil olgan Dominika uchta tilda so‘zlasha oladi. 2020-yilda 48 yoshni qarshilaydigan aktrisa, 29 ta serialda suratga tushgan.

Xuan Pablo Gamboa

Ilk bor 1992-yilda “Marielena” telenovellasida suratga tushgan, kolumbiyalik aktyor Xuan Pablo Gamboa, xonanda sifatida ham yaxshi ma’lum. U 1994-yilda Mexikoga ko‘chib kelgan va shu yili filmda suratga tushishni boshlagan. Aktyorning kuylagan qo‘shiqlaridan seriallarda ham foydalaniladi.

40 dan ortiq serialda suratga tushgan aktyor bu yili 54 yoshga to‘ladi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-08-2020, 16:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют