» » Diqqat e’lon! Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti Samarqand filialiga qabul jarayonlari boshlanadi

Diqqat e’lon! Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti Samarqand filialiga qabul jarayonlari boshlanadi


2020-yilning 15-avgustidan 2020/2021-o‘quv yili uchun Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti Samarqand filialiga qabul jarayonlari boshlanadi.

Karantin davrida qabul jarayoni sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilingan holda, yuqori saviyada shaffoflik, xolislik va oshkoralik prinsiplari asosida o‘tkaziladi. Filialga abituriyentlarning hujjatlari 2020-yilning 15-avgust – 10-sentabr kunlari (o‘sha kuni ham) qabul qilinadi.

Kirish imtihonlari respublikada epidemiologik vaziyat barqarorlashishidan kelib chiqib o‘tkaziladi.

Koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq pandemiya sharoitida 2020/2021-o‘quv yili uchun ta’lim olishni istagan fuqarolarni abituriyent sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish http://qabul.rgusport.uz/ elektron dasturi orqali onlayn shaklda amalga oshiriladi.

Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universitetining Samarqand filialiga 2020/2021-o‘quv yili uchun 150 ta kvota ajratilgan.

Yo‘nalishlar kesimida qabul parametrlari quyidagi jadvalda aks etgan:

Abituriyentlar va ularning ota-onalarini qiziqtirgan savollarga javob berish uchun haftaning dushanba-juma kunlari soat 09:00—18:00gacha murojaatlar markazi (Call center) faoliyati tashkil etiladi.

Call center hamda Konsultatsiya markazida faoliyat olib boruvchi xodimlar tarkibi:

1) Mamadaliyev Mansurjon Mamajonovich +99897 3948242 +99897 9206736

2) Toshmirzayeva Gulfira Erkinovna +99890 3720236

3) Velikanova Anna Aleksandrovna +99893 7291652.

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-08-2020, 17:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 67) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют