» » Toshkent shahrida yaqin 3 oy ichida jamoat transporti yo‘nalish tarmog‘i optimallashtiriladi

Toshkent shahrida yaqin 3 oy ichida jamoat transporti yo‘nalish tarmog‘i optimallashtiriladi


AOKA huzuridagi shtabda tashkil etilgan brifingda Toshkent shahar transport boshqarmasi boshlig‘i Anvar Jo‘rayev yaqin 3 oyda Toshkent shahrida jamoat transporti yo‘nalish tarmog‘i optimallashtirilishini ma’lum qildi.

“Yaqin kunlarda jamoat transporti yo‘nalish tarmog‘ini optimallashtirish belgilangan edi. Mana, metropoliten faoliyati tiklandi. Optimallashtirish yaqin 3 oyda amalga oshirishi belgilangan. Har bir yo‘nalishni ochish, qisqartirish, o‘zgartirish, yopish haqida alohida e’lonlar orqali yo‘lovchilarga yetkaziladi”, — deydi mutaxassis.

Bundan tashqari, Jo‘rayev “Toshshahartransxizmat” va Toshkent metropoliteni tomonidan avtomatlashtirilgan to‘lov tizimi tashkil etilgani, yo‘lovchilarga imkon qadar elektron to‘lov tizimidan foydalanish tavsiya qilinishini bildirdi. Elektron to‘lov kartalarini Toshkent shahridagi 89 ta oylik yo‘l chiptalarini sotuvchi shoxobchalar va barcha metropoliten kassalaridan sotib olish mumkin.

Mavzuga doir: Toshkentdagi avtobuslarga elektron to‘lovlarni qabul qilish uchun validatorlar o‘rnatilmoqda

Jamoat transporti yo‘lovchilari uchun yaratilgan yana bir qulaylik sifatida “Toshshahartransxizmat” va 2GIS hamkorligida maxsus mobil ilova tushirilgani tilga olindi. U orqali yo‘lovchilar o‘z harakatlarini rejalashtirishi mumkin bo‘ladi. Ilovaga yo‘lovchi o‘zining turgan manzilini kiritib, bormoqchi bo‘lgan manziliga qaysi transport vositasi orqali qancha vaqtda yetib olishi mumkinligidan xabardor bo‘ladi. Mobil ilova avtobuslarning yo‘nalishini o‘zgartirish joylari, metro bekatlarining har birini ko‘rsatadi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahridagi jamoat transportining barcha turlari, shu jumladan, Toshkent metropolitenining yerosti qismi hamda yo‘nalishli taksilar 15-avgustdan o‘z faoliyatini qayta tikladi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-08-2020, 18:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют