» » Toshkentdagi avtobuslarga elektron to‘lovlarni qabul qilish uchun validatorlar o‘rnatilmoqda

Toshkentdagi avtobuslarga elektron to‘lovlarni qabul qilish uchun validatorlar o‘rnatilmoqda


Toshkent shahrida harakatlanuvchi jamoat transporti avtobuslariga elektron kartalar orqali yo‘l haqini to‘lash imkonini beruvchi validatorlar o‘rnatilmoqda. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” kompaniyasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, asosan, markaziy yo‘nalishlarda harakatlanuvchi avtobuslarga elektron to‘lovlarni qabul qiluvchi 200 ta validator o‘rnatildi.

Ushbu statsionar validatorlardan foydalanishda yo‘lovchilarda ko‘nikma hosil qilish, bu borada transportga chiqib-tushish qoidalariga amal qilishni ta’minlash dastlabki sinov davrining asosiy vazifasi hisoblanadi.

Shundan kelib chiqib, kompaniya yo‘lovchilardan avtobusga chiqishda old eshikdan, tushishda esa o‘rta va orqa eshiklardan foydalanishlarini so‘ramoqda.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahrida 15-avgustdan boshlab jamoat transportining barcha turlari, jumladan, metro o‘z faoliyatini qayta boshlaydi.

Ma’lumot uchun, 2020-yilning yanvar oyidan boshlab Toshkent shahar jamoat transporti — avtobus va metropoliten yo‘nalishlarida avtomatlashtirilgan to‘lov tizimini joriy etish ishlari boshlangan. Dastlabki bosqichda “Toshshahartransxizmat” tarkibidagi avtobuslar elektron to‘lovlarni qabul qiluvchi mobil validatorlar bilan ta’minlangandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-08-2020, 22:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют