» » Jizzaxda hozirgacha 147 kishida koronavirus qayd etilgan. Toshkent shahrida kasallikka chalinganlar bundan 147 baravar ko‘p

Jizzaxda hozirgacha 147 kishida koronavirus qayd etilgan. Toshkent shahrida kasallikka chalinganlar bundan 147 baravar ko‘p


O‘zbekistonda 17-avgust soat 17:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 35 702 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Koronavirusga chalinganlarning 60,8 foizi Toshkent shahriga to‘g‘ri kelmoqda. Poytaxtda 21 723 kishida COVID-19 qayd etilgan.

Koronavirus eng kam aniqlangan hudud Jizzax viloyati bo‘lib turibdi. Jizzaxda hozirgacha 147 kishida kasallik qayd etilgan. Bu Toshkent shahridagi barcha holatlardan 147 baravar kam deganidir.

Jizzaxda eng kam kasallik aniqlangan bo‘lsa-da, o‘lim ko‘rsatkichi bo‘yicha eng yuqori natija aynan shu viloyatga to‘g‘ri kelmoqda. Jizzaxda 147 kishidan 7 nafari yoki 4,7 foizi koronavirus qurboni bo‘lgan. Keyingi o‘rinlardagi Navoiy viloyatida bemorlarning 1,2 foizi (491 kishidan 6 nafari), Qoraqalpog‘istonda 1,1 foizi (439 kishidan 5 nafari) vafot etgan.

Qolgan barcha hududlarda o‘lim ko‘rsatkichi 1 foizdan past. Eng past ko‘rsatkich Andijon viloyatiga to‘g‘ri kelmoqda, viloyatdagi 1148 nafar bemordan 2 nafari (0,17 foizi) kasallik asoratlari oqibatida olamdan o‘tgan.

Ayni paytda koronavirusga chalingan 35 702 kishidan 31 384 nafari tuzalib, sog‘ayish ko‘rsatkichi 87 foizni tashkil etmoqda. Hozirda O‘zbekistonda 4082 nafar bemor davolanishni davom ettirmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-08-2020, 20:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют