» » Farg‘onada narxi 290 dollar bo‘lgan kislorod kontsentratorlari ishlab chiqariladi

Farg‘onada narxi 290 dollar bo‘lgan kislorod kontsentratorlari ishlab chiqariladi


Farg‘ona viloyatida kislorod kontsentratorlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

Ma’lum qilinishicha, “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasida joylashgan Great Kokand MChJ tomonidan tibbiy jihozlar ishlab chiqarishni ko‘zda tutuvchi 300 ming dollarlik yangi loyiha amalga oshirilmoqda.

Ta’kidlanishicha, korxonada yiliga 30 ming dona kislorod kontsentratori ishlab chiqarilib, ichki va xorij bozorlariga yetkazib beriladi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, Qo‘qonda ishlab chiqarilgan bir dona kislorod kontsentratorining narxi 290 dollarni tashkil etadi.

Avvalroq Farg‘onaga Xitoydan donasi 4 million so‘m bo‘lgan 500 dona kislorod kontsentratori olib kelingani haqida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Buxoro viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi koronavirus bilan og‘rigan bemorlarga yordam berish maqsadida Dynmed kompaniyasining har biri 12 million so‘m turuvchi 50 dona tibbiyot konsentratorini sotib olgani haqida xabar berilgandi.

Telegram’dagi “Bakiroo” kanali yurituvchisi Otabek Bakirov Dynmed kompaniyasining kislorod konsentratorlari Alibaba’da 320 dollardan taklif etilayotganini, agar 100 tadan ortiq olinsa, 220 dollardan sotilayotganini yozib qoldirdi. Shuningdek, “Troll.uz” kanalida ham 50 dona konsentrator orasidagi farq 436 million so‘m ekani tanqid qilingan.

Buxoro hokimi o‘rinbosari Mirali Hamroyev mazkur holatni izohlar ekan, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan olib borilayotgan ishlarga asossiz xulosa berilayotganini qoralashini bildirib, bloger aytayotgan narxda kislorod konsentratori bor bo‘lsa, xarid qilishga tayyorligini aytgandi. Moliya vazirligi esa Buxorodagi kislorod konsentratorlarining sotib olinishining qonuniyligiga izoh berdi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-08-2020, 20:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 53) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют