» » Superliga. “Nasaf”da yirik hisobdagi g‘alaba, “Bunyodkor” “Metallurg”dan ustun keldi

Superliga. “Nasaf”da yirik hisobdagi g‘alaba, “Bunyodkor” “Metallurg”dan ustun keldi


Futbol bo‘yicha Coca-Cola Superliga 10-turidan o‘rin olgan ikkita uchrashuv 17-avgust, dushanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Qarshining “Nasaf” klubi “So‘g‘diyona” bilan bahs yuritdi. 15-daqiqada Islom Kenjaboyev penaltidan unumli foydalanib hisobni ochgan bo‘lsa, 36-daqiqada Bobur Abduxoliqov Oybek Bozorovning uzatmasini golga aylantirdi. Ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtda Husayn Norchayev “Nasaf”ning uchinchi golini kiritdi.

“Nasaf” ochkolarini 10 taga yetkazib olgan holda 4-o‘ringa ko‘tarildi. “So‘g‘diyona” (11) esa 9-pog‘onada qoldi.

Parallel kechgan o‘yinda “Bunyodkor” va “Metallurg” jamoalari o‘zaro bahs yuritdi. Ikkinchi bo‘lim debyutida Nurillo To‘xtasinov tomonidan kiritilgan chiroyli gollar “qaldirg‘ochlar”ga g‘alaba olib keldi.

Mazkur g‘alabadan keyin “qaldirg‘ochlar” 20 ochko bilan 3-pog‘onada bormoqda. “Metallurg” (16) esa 7-o‘rinda bormoqda.

Coca-Cola Superliga

10-tur bahslari

17-avgust, dushanba

Gollar: 1:0 – 15, penalti Kenjaboyev, 2:0 – 36 Abdixoliqov, 3:0 – 90+1 Norchayev.

“Nasaf”: 35. Abduvohid Nematov, 5.G‘olib G‘aybullayev (4.Husniddin Aliqulov, 75), 8.Dilshod Saitov (15.Jo‘rabek Mannonov, 75), 10.Bobir Abdixoliqov, 14.Sharof Muhitdinov, 20.Islom Kenjaboyev (7.Dilshod Rahmatullayev, 70), 22.Akmal Mozgovoy (19.Husayn Norchayev, 70), 34.Sherzod Nasrullayev, 77.Oybek Bozorov, 88.Marko Stanoyevich, 92.Umar Eshmurodov.

“So‘g‘diyona”: 27. Milan Mitrovich, 2.Sardor Qulmatov (18.Shavkat Mullajonov 46), 4.Elyor Orifov, 7.Sanjar Rashidov (14. Daniel Nasriddinov, 66), 8. Jamshid Boltaboyev, 10.Shohruz Norxonov (20. Bahodir Nasimov, 66), 11.Jasur Hasanov, 12. San’at Shixov, 21. Sahob Rashidov (19.Javohir Qahramonov 46), 22.Shahboz Jo‘rabekov (5.Ayubxon Nomanov, 39), 93. Marko Kolakovich.

Ogohlantirishlar: Rashidov 38, Mozgovoy 59, G‘aybullayev 71), Nasriddinov (80).

Gollar: 1:0 – 53 To‘xtasinov, 2:0 – 59 To‘xtasinov.

“Bunyodkor”: 1.Abdumavlon Abduljalilov, 3.Islom Qobilov, 5.IbrohimHalil Yuldashev, 6.Anvar G‘ofurov, 13.Lutfulla To‘rayev, 17.Sanjar Qodirqulov, 19.Nurillo To‘xtasinov (34.Suhrob Izzatov, 90), 30.Abdulla Abdullayev, 46.Asadjon Azimjonov (49.Farrux Ikromov, 23), 48.Valeriy Akopov (77.Selim Nurmuradov, 69), 90. Shahboz Erkinov ( 14.Mirjahon Mirahmadov, 69).

“Metallurg”: 12.Aleksandr Lobanov, 5.Abbosjon Otaxonov, 7.Doniyor Narzullayev (36.To‘lqin Ergashev, 77), 8. Salamat Quttiboyev, 10.Shahzod Ubaydullayev (11. Murodbek Bobojonov, 83), 20. Xudoyshukur Sattorov (4. Odilbek Abdumajidov, 46), 21.Kamoliddin Tojiyev, 23.Abdurahmon Abdulhaqov (14. Abrorbek Toshqo‘ziyev, 46), 27.Ixtiyor Toshpo‘latov, 28.Stanislav Andreyev, 43. Davron Anvarov (15.Zohid Abdullayev, 65).

Ogohlantirishlar: Abdulmajidov (52), Abdullayev (90).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-08-2020, 20:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 17) ( 0) ( 17) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют