» » Qoraqalpog‘istonda 3 yoshli ukasini o‘ldirgan 15 yoshli qizga sud hukmi o‘qildi

Qoraqalpog‘istonda 3 yoshli ukasini o‘ldirgan 15 yoshli qizga sud hukmi o‘qildi


Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxiatosh tumanida 3 yoshli o‘gay ukasini bo‘g‘ib o‘ldirgan 10-sinf o‘quvchisi V.A.ga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, 22-yanvar kuni soat 18:40 larda, uyida onasi va o‘gay otasi yo‘q paytida V.A.ning oldiga 2016-yilda tug‘ilgan o‘gay ukasi S.A keladi va birga o‘ynashni so‘raydi. Ko‘pdan buyon alamini ichiga yutib yurgan o‘smir qiz o‘gay ukani avval qo‘llari bilan urib, oyog‘i bilan tepkilaydi. So‘ng karavot ustiga yotqizib bo‘ynini qo‘llari bilan, keyin shu yerda yotgan oq rangli metall sim bo‘lagi bilan bo‘g‘a boshlaydi. Sim qo‘lida turmaganligi sababli ayollar ro‘moli bilan bo‘g‘adi.

3 yoshdagi bolakay bu harakatlarga faol qarshilik ko‘rsata olmaydi va hushini yo‘qotib chalajon bo‘lib qoladi. Qiz ukasining o‘lganiga ishonch hosil qilish maqsadida uning nafas olish yo‘llariga havo keltirmaslik uchun yuzini 15 minutgacha yostiq bilan bosib turib, o‘ta shafqatsizlik bilan qasddan o‘ldiradi.

Avvaliga qiz ukasining o‘limi qanday sodir bo‘lganini yashirgan. Faqatgina sud-tibbiy ekspertizasi orqali keltirilgan dalillardan keyingina tan olgan.

Voyaga yetmagan V.A.ga Jinoyat kodeksining 85-moddasi 2-qismining “v” bandi (o‘ta og‘ir jinoyat uchun ozodlikdan mahrum etish)ga asosan 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Jazo tayinlashda u jinoyatni voyaga yetmagan 15 yoshda sodir etganligi, ayol kishi ekanligi, muqaddam sudlanmaganligi, dastlabki va sud tergovlarida aybiga to‘liq iqror bo‘lib, chin ko‘ngildan pushaymon ekanligi, jinoyat sodir etishiga oiladagi og‘ir sharoit, xususan, uning onasi bilan o‘rtalarida kelib chiqqan kelishmovchilik, onasining va o‘zining yashash tarzidan qoniqmasligi, onasi bolalarini davlat tarbiyasiga topshirib qo‘yib, o‘g‘liga ko‘proq e’tibor berib, uni yaxshi ko‘rishi, o‘zi yoshligi sababli hayotni tushunmasdan onasiga achchiqlanib, uning uch yashar o‘g‘lining umriga qasd qilganligini hisobga olingan.

Mavzuga doir: Toshkentda o‘z farzandining murdasini yoqib yuborib, so‘ng uning yo‘qolgani haqida xabar bergan ayolga sud hukmi o‘qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-08-2020, 22:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 105) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют