» » Ozbekiston temiryollari va Uzbekistan Airways rahbarlariga xizmatlar sifatini oshirish boyicha topshiriq berildi

Ozbekiston temiryollari va Uzbekistan Airways rahbarlariga xizmatlar sifatini oshirish boyicha topshiriq berildi


Bosh vazir orinbosari Sardor Umrzoqov rahbarligida transport sohasini islohot qilishga bagishlangan videokonferensiya shaklida yigilishda otkazildi.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabariga kora, 16-avgust kuni otkazilgan ushbu yigilishda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Transport vazirligi, Ozbekiston temiryollari AJ, UzbekistanAirways AJ, Uzbekistan Airports AJ, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qomitasi va boshqa tegishli idora va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.

Unda temiryol transporti va fuqaro aviatsiyasi sohalarini yanada takomillashtirish boyicha maqsadli korsatmalar berildi.

Xususan, Transport vazirligi va Ozbekiston temiryollari AJga milliy temiryol tizimini tubdan isloh qilish konsepsiyasini ishlab chiqish vazifasi topshirildi. Konsepsiyada soglom raqobat muhitini yaratish, transport jarayonlarini takomillashtirish va tarif siyosatining shaffofligini oshirish, zamonaviy korporativ boshqaruvni joriy etish va ish jarayonlarini raqamlashtirish maqsadida temiryol tashuvlariga xususiy operatorlarni jalb etish choralari nazarda tutiladi.

Bundan tashqari, Transport vazirligi, UzbekistanAirways AJ va Uzbekistan Airports AJ rahbarlariga tariflarni optimallashtirish, xizmatlar sifatini oshirish, yuk tashishni rivojlantirish va tegishli infratuzilmani zamonaviylashtirish, shuningdek, fuqaro aviatsiyasi sohasida davlat-xususiy hamkorlikni kengaytirish boyicha aniq takliflar ishlab chiqish topshirildi.

AvvalroqToshkent, Buxoro, Fargona va Urganch aeroportlari davlat-xususiy sheriklikka berilishi,Samarqand aeroporti 62million dollarga rekonstruksiya qilinishi, u kitob shaklida bolishi xabar berilgan edi.

Mavzuga doir:Ozbekistonda 15-avgustdan mahalliy avia va temiryol qatnovlari bosqichma-bosqich tiklanadi



Manba: Daryo.uz
: admin (17-08-2020, 23:11)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 37) ( 0) ( 35) ( 2)
:
-
:
20 ... -