» » Rasman: “Barselona” Kike Setyenni iste’foga chiqardi

Rasman: “Barselona” Kike Setyenni iste’foga chiqardi


“Barselona” bosh murabbiyi Kike Setyen o‘z lavozimini tark etdi.

Katalon klubi Chempionlar Ligasi chorak finali doirasida “Bavariya”ga qarshi kechgan o‘yindagi yirik mag‘lubiyatdan (2:8) keyin murabbiyni iste’foga chiqarganini e’lon qildi.

“Barselona” yangi murabbiy nomi tez orada e’lon qilinishi ma’lum qildi. Jamoani Ronald Kuman boshqarishi taxmin qilinmoqda.

61 yoshli mutaxassis “Barselona”da yanvar oyida Ernesto Valverdening o‘rinini egallagandi. Setyen qo‘l ostida jamoa 25 ta o‘yin o‘tkazdi (19 ta La Liga, uchta Chempionlar Ligasi va uchta Ispaniya Kubogida). Ularda “Barselona” 16 g‘alaba, 4 durang va beshta mag‘lubiyat qayd etdi.

“Barselona” Primerada chempionlikni “Real”ga boy berib qo‘ydi. Bundan tashqari klub Ispaniya Kubogi chorak finalida “Atletik” (0:1) to‘sig‘idan o‘ta olmadi.

Mavzuga doir: “Barselona” direktorlar kengashi Xosep Bartomeuni prezidentlikdan chetlatish masalasini ko‘rib chiqadi

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-08-2020, 23:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 95) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют