» » “Manchester Siti”ni tark etgan David Silva “Real Sosyedad” futbolchisiga aylandi

“Manchester Siti”ni tark etgan David Silva “Real Sosyedad” futbolchisiga aylandi


“Manchester Siti” sobiq yarim himoyachisi David Silva faoliyatini “Real Sosyedad”da davom ettiradi. Bu haqda san-sebastyanliklar matbuot xizmati ma’lum qildi.

Tomonlar ikki yillik shartnoma imzolagan. Futbolchi “Real Sosyedad”ga erkin agent maqomida kelib qo‘shilgan. Silva yaqin orada yangi klubi tasarrufiga yetib boradi.

Avvalroq Silva “Latsio” bilan kelishuvga erishgani, shuningdek, futbolchiga Qatarning “As-Sadd” jamoasidan qiziqish borligi xabar qilingandi.

34 yoshli futbolchi 2010-yildan buyon “Manchester Siti” safida to‘p tepib kelayotgandi. Silva bu davr ichida 436 ta o‘yinda ishtirok etib, 77 gol va 140 ta golli uzatma muallifiga aylandi. David “Siti” bilan to‘rt bor Premyer Ligada g‘olib chiqdi. Shuningdek, besh marta Angliya Liga Kubogi va ikki marta Angliya Kubogiga ega chiqdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-08-2020, 08:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 83) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют