» » Qamchiq dovonidagi avtomobil yo‘lining cho‘kkan qismi ta’mirlanayotgani ma’lum qilindi

Qamchiq dovonidagi avtomobil yo‘lining cho‘kkan qismi ta’mirlanayotgani ma’lum qilindi


Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi A-373 Toshkent–O‘sh xalqaro avtomobil yo‘lining 229-kilometrida Toshkent —vodiy yo‘nalishidagi yo‘lning 50 metr qismi cho‘kkanligi sababli ushbu masofada ikkita harakatlanish bo‘lagi yopilgan holda ta’mirlash va sozlash ishlari olib borilayotganini xabar qildi.

“Haydovchilar transport vositasida harakatlanishi uchun bitta bo‘lak ochiq qoldirilgan. Ulardan o‘rnatilgan yo‘l belgilariga amal qilgan holda ehtiyotkor bo‘lib harakatlanishlarini so‘rab qolamiz”, – deyiladi boshqarma axborotida.

Qamchiq dovonida tez-tez turli avtomobillar ishtirokida yo‘l transport hodisalari sodir bo‘lib turadi, xususan, 16-avgust kuni Toshkent—O‘sh yo‘lida yuk mashinasi poyezd bilan to‘qnashgan, 19-iyulda haydovchining uxlab qolishi oqibatida Isuzu va Sams yuk mashinalari ishtirokida YTH yuz bergan, 25-iyunda esa Toshkent—O‘sh avtomobil yo‘lining 250,5-kilometrida Isuzu haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida Howo’ga urilgan, Isuzu haydovchisi va salondagi yo‘lovchi tan jarohati olgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-08-2020, 08:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют