» » Seoul Mun: Poytaxt sohilida o‘z biznesingizni boshlang

Seoul Mun: Poytaxt sohilida o‘z biznesingizni boshlang


Dream City kompaniyasi poytaxt sohilidagi Seoul Mun savdo ko‘chmas mulk joylarini sotuvi boshlanganini e’lon qiladi.

Mamlakatimiz hamda Janubiy Koreya o‘rtasidagi ko‘p yillik o‘zaro manfaatli sheriklik va mustahkam do‘stlik poytaxtimizdagi o‘ziga xos – sohil bo‘yidagi Seoul Mun loyihasiga poydevor bo‘ldi.

Seoul Mun loyihasi Seul ko‘chasida joylashgan bo‘lib, mazkur ko‘cha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga davlat tashrifi chog‘ida Seul nomi bilan qayta nomlangan. Prezident janoblari ikki mamlakat xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik belgisi sifatida Toshkent ko‘chalaridan biriga Seul sharafiga nom berishni taklif qilgan edi.

Loyihani yaratishda 7 mamlakat: BAA, Turkiya, Rossiya, Angliya, AQSh, Janubiy Koreya va O‘zbekiston mutaxassislari ishtirok etishgan. Seoul Mun loyihasi Asia Parific Property Awards xalqaro mukofotining “2020-yilning eng yaxshi hordiq chiqarish me’morligi” yo‘nalishi g‘olibi.

Shahar markazidagi qulay manzil, ko‘p sonli piyodalar va ular uchun yaratilgan sayr yo‘laklari savdo va dam olish joylariga ko‘plab tashrif buyuruvchilarni ta’minlaydi.

Seoul Mun Seul ko‘chasi bo‘ylab oqadigan Bo‘rijar kanalining janubi-g’arbiy va shimoli-sharqiy tomonlarini o‘z ichiga oladi.

Seoul Mun koreys tilida “Seul darvozasi” ma’nosini anglatadi. Bu puxta o'ylab loyihalangan uch darajali tijorat maydonlari, ochiq maydondagi terassa va kafelar, restoranlar, chakana savdo va boshqa biznes turlari uchun mo‘ljallangan ko‘p formatli joylar.

Ikki sohilning eng chekkasida joylashgan ushbu loyiha poytaxtda biznes va hordiq chiqarish uchun ajoyib va go‘zal joyga aylantirish uchun mo'ljallangan.

Seoul Mun – bu:

Xalqaro ko‘chmas mulk bozorining yetakchi mutaxassislari: Cushman & Wakefield va Knight Frank tomonidan Seoul Mun ko‘chmas mulkining tijoriy potensiali o‘rganib chiqildi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, ko‘chmas mulkni rejalashtirilgan kapitallashtirish obyekt ishga tushganda 25-30% ga yetadi.

Seoul Mun bu – mulkdor va ko‘plab mehmonlarning qulayligini hisobga olgan holda makondan foydalanish sifatining yangi shaklidir.

Savdo joylari sotuvi 20-avgustdan boshlanadi.

Batafsil ma’lumotlar bilan +998712022222 telefon raqamlari orqali tanishishingiz yoki seoulmun.uz saytida buyurtma qoldirishingiz mumkin.

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-08-2020, 09:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 91) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют