» » Janubiy Koreya kompaniyasi Toshkentda 8 qavatli Seoul Plaza biznes-markazini quradi

Janubiy Koreya kompaniyasi Toshkentda 8 qavatli Seoul Plaza biznes-markazini quradi


Janubiy Koreyaning Somang Global kompaniyasi 2018-yil noyabrida Toshkentda Seoul Plaza biznes-markazini foydalanishga topshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda, O‘zbekiston—Janubiy Koreya biznes-forumi davomida ma’lum qilindi, deya xabar beradi Spot.

8-qavatli bino metroning “Oybek” bekati yaqinida qad rostlaydi. Undagi ofislar mahalliy va xalqaro kompaniyalarga sotiladi va ijaraga beriladi.

Somang Global Toshkentda “Seul shaharchasi” nomli 7 ta ko‘p qavatli uydan iborat turar joy kompleksini ham qurmoqda. Unda jami 650 ta kvartira bo‘ladi. Koreyalik investorlar loyihaga 100 million dollardan ortiq mablag‘ kiritdi.

Kompaniya O‘zbekistonda mehmonxonalar qurishni ham rejalashtirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-03-2018, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 102) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют