» » Toshkentda O‘zbekiston va Janubiy Koreya ishbilarmon doiralarining biznes-forumi o‘tkazildi

Toshkentda O‘zbekiston va Janubiy Koreya ishbilarmon doiralarining biznes-forumi o‘tkazildi


O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchixonasi faxriy konsuli, Evergreen Motor Group raisi Kim Chang Kyon boshchiligidagi delegatsiya mamlakatda mehmon bo‘lib turibdi. Tashrif doirasida poytaxtdagi Yoshlar ijod saroyida O‘zbekiston va Janubiy Koreya ishbilarmon doiralarining biznes-forumi o‘tkazildi, deya xabar beradi O‘zA.

Savdo-sanoat palatasi, Yoshlar ittifoqi hamda Toshkent shahar hokimligi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda ikki mamlakatning iqtisodiyot, investitsiya, savdo-sanoat, turizm, qurilish, logistika, mashinasozlik, AKT, energetika, elektrotexnika, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat, kimyo va yengil sanoati, sog‘liqni saqlash, to‘qimachilik kabi sohalar uchun mas’ul vazirlik va idoralari, firma va kompaniyalarining 300 dan ziyod vakili ishtirok etdi.

Biznes-forumda Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikromov, Janubiy Koreyaning mamlakatdagi Favqulodda va muxtor elchisi Kvon Yon U va boshqalar ikki davlat rahbarlarining uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlar natijasida O‘zbekiston bilan Janubiy Koreya o‘rtasida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamkorlik yangi pog‘onaga ko‘tarilganini ta’kidladi.

Bugungi kunda mamlakatda Janubiy Koreya sarmoyasi ishtirokida tuzilgan 460 dan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda. O‘zbekistonda Koreyaning 75 kompaniyasi o‘z vakolatxonasiga ega. Ushbu mamlakatning O‘zbekiston iqtisodiyotiga jalb etgan investitsiyalari hajmi 7 milliard dollardan oshadi. Janubiy Koreyaning Markaziy Osiyo davlatlari bilan mahsulot aylanmasi hajmining aksariyat qismi mamlakat ulushiga to‘g‘ri kelishini alohida ta’kidlash joiz.

Forumda mehmonlarga mamlakatimizda investorlar uchun yaratilayotgan sharoit, xususan, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalaridagi imkoniyatlar, soliq va bojxona imtiyozlari haqida ma’lumot berildi.

— O‘zbekiston Janubiy Koreyaning Markaziy Osiyodagi muhim savdo sherigidir, – dedi Kim Chang Kyon. — Bu savdo-sanoat, sayyohlik, qurilish materiallari, elektrotexnika va boshqa ko‘plab sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlik rivojlanib, yanada mustahkamlanayotganida ham namoyon bo‘lmoqda. Forum doirasida Hyundai kompaniyasining yengil avtomobillari uchun ehtiyot qismlar yig‘ish va tabiiy resurslarni qayta ishlash sohasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildik.

Anjuman doirasida B2B shaklidagi muloqotlar ham tashkil etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-03-2018, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 57) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют