» » Ac?badem’da imkonsiz narsalarning imkoni bor! Buyraklarimiz uchun nima zararli?

Ac?badem’da imkonsiz narsalarning imkoni bor! Buyraklarimiz uchun nima zararli?


Yetarli darajada suyuqlik iste’mol qilmaslik, ko‘p miqdordagi sho‘r taomlar, ortiqcha oqsil iste’mol qilish, o‘z-o‘zini davolash, vazn ortishi,chekish va kamharakat hayot tarzi – bu buyraklarimizga zarar yetkazadigan sabablarning ayrimlari xolos! Surunkali buyrak yetishmovchiligi tufayli buyrak transplantatsiyasi o‘tkazilishi talab etiladigan bemorlar soni yildan yilga ko‘payib bormoqda. Bu kasallik eng keng tarqalgan to‘satdan sodir bo‘luvchi o‘lim sabablari ro‘yxatining oltinchi o‘rinida turadi. Bunday keng tarqalishni inobatga olgan holda transplantatsiya bilan shug‘ullanuvchi olimlar o‘z tajribalarini bir-birlari bilan o‘rtoqlashishadi.

Ac?badem shifoxonalar tarmog‘ida dunyodagi eng so‘nggi tibbiy yutuqlar va texnologiyalar qo‘llaniladi. Shifoxona shifokorlari ilgari imkonsiz bo‘lgan ishlarni qilishmoqda. Axir Ac?badem dunyoning yetakchi mutaxassislari uchrashadigan, ilg‘or texnologiyalar va dolzarb tibbiy muammolar muhokama qiladigan tajriba almashish maydoni ham hisoblanadi.

Tibbiyot fanlari doktori, urologiya professori Byulent Oktay Ac?badem shifoxonasidagi buyrak transplantatsiyasi markazining rahbari, organ transplantatsiyasi, organ yetishmovchiligini davolashning eng samarali usuli ekanligini aytadi. Shuningdek, professor Turkiyada operatsiyalar soni bo‘yicha ham, tirik donorlik organlarini transplantatsiya qilish borasidagi muvaffaqiyatli natijalar bilan ham dunyoda raqobatlashmoqda. O‘tkazish tajribasi yiliga 3 mingdan ortiq operatsiyalarni tashkil etadi. “Donor organ bo‘lmasa, bemor faqat buyrak faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydigan dializ terapiyasiga murojaat qilishiga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun organlarni transplantatsiya qilish kasallikni tubdan davolash uchun zarur shartdir” – deb ta’kidlaydi.

Ikki xil buyrakni bitta kishiga ko‘chirishda Ac?badem’ning g‘aroyib muvaffaqiyati!

Ac?badem shifoxonasidagi texnologik yutuqlar, vrachlarning ilg‘or bilimlari va tajribasi ilgari mumkin bo‘lmagan ko‘plab yondashuvlarni amalga oshirishga imkon berdi. Professor Byulent Oktay yangi buyrakning ikkilantirilgan transplantatsiyasi usulini quyidagicha ta’riflaydi: “Ko‘pgina bemorlarga buyrak transplantatsiyasi kerak, ayrimlarning vafotidan keyin beriladigan donor organlar soni esa juda oz. Shuning uchun, donor buyraklar juda qadrlidir va biz ularning har birini diqqat bilan o‘rganamiz. Masalan, biz ikkita buyrakni (sog‘lom funksiyalar bilan) bitta vafot etgan donordan ikkita bemorga o‘tkazamiz va ularni davolaymiz. Ammo, agar donor qarigan bo‘lsa, bitta buyrak zarur funksiyani bajara olmasligi mumkin va unday holda biz ikkita odamning buyraklarini bir odamga o‘tkazamiz. Ushbu protsedura “Ikki karrali buyrak transplantatsiyasi” deb ataladi. Bu tezda tiklanishi uchun dializ terapiyasi talab etiladigan bemorlarga taklif qilinadi".

Qorinni kesish endi shart emas!

Ac?badem shifoxonasining professori Ibrahim Berber jarrohlik sohasidagi juda muhim yutuq haqida gapirib berdi. Ko‘p transplantatsiya protseduralari 3-4 ta kichik teshiklar yordamida yopiq usulda, ya’ni kesmalarsiz o‘tkaziladi. Professorning ta’kidlashicha, bugungi kunda bunday operatsiyalar yanada xavfsizroq amalga oshiriladi: “Endi biz buyrakni qorin devori orqali emas, balki vagina orqali olishimiz mumkin. Shunday qilib, qorin kesilmaydi, chandiqlar qolmaydi va donorni tezda kundalik hayotga qaytarish mumkin. Bundan tashqari, operatsiyadan keyingi davrdagi og‘riq qoldiruvchi vositalarga ehtiyoj kamayadi.

Ac?badem’ning keng qamrovli yondashuvi salomatlikni tez tiklashning kafolatidir.

Ac?badem shifokorlarining ta’kidlashicha, buyrak transplantatsiyasi hayotning yanada yaxshi sifatini ta’minlaydi.

Operatsiyadan oldin donor ham, retsipiyent ham sinchkovlik bilan tekshirilishi kerak. Ta’kidlashlaricha, jarrohlar ajoyib operatsiyalarni o‘tkazadilar va nefrologlar bemorlarni davolanish paytida juda katta e’tibor bilan kuzatadilar. Dori-darmonlarni to‘g‘ri buyurish va bemorni mutaxassislar tomonidan muntazam ravishda kuzatib borish juda muhimdir.

Transplantatsiya qilishning eng yangi texnologiyalari va usullari mavjud Ac?badem klinikalari tarmog‘ining yuqori malakali shifokorlari qisqa vaqt ichida buyrak funksiyasi buzilgan bemorni normal kundalik hayotga muvaffaqiyatli qaytaradilar.

Turkiyadagi Ac?badem shifoxonalarida davolanishga oid barcha qiziqtirgan savollar bo‘yicha Acibadem’ning Toshkentdagi vakolatxonasiga murojaat qilishingiz mumkin: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Buyuk ipak yo‘li mavzesi, 19-uy.

Telefon: (+99895) 144-54-45

Shuningdek, rasmiy sayt orqali barcha kerakli ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin: www.acibadem.com.ru

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-08-2020, 12:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют