» » O‘zbekistonda endi “oltin daftar” yuritiladi. Unga xorijdagi muvaffaqiyatli vatandoshlar kiritiladi

O‘zbekistonda endi “oltin daftar” yuritiladi. Unga xorijdagi muvaffaqiyatli vatandoshlar kiritiladi


O‘zbekistonda xorijdagi salohiyatli vatandoshlarni ro‘yxati jamlangan “oltin daftar” joriy qilinadi. Bu haqda tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Farhod Arziyev 17-avgust kuni Prezident huzurida mehnat migratsiyasi masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishdan so‘ng “O‘zbekiston 24”ga bergan intervyusida ma’lum qildi, deya xabar qildi “Kun.uz”.

“Prezident tomonidan belgilab berilgan yana bir yo‘nalish – salohiyatli vatandoshlarning imkoniyatlaridan foydalanish.

‘Oltin daftar’ degan termin, ya’ni O‘zbekistonning taraqqiyotiga u yoki bu ma’noda xizmat qila oladigan salohiyatli investor bo‘ladimi, xorijdagi nufuzli universitetlarda ishlayotgan professor bo‘ladimi yoki xalqaro tashkilotlar ishlayotgan vatandoshlar bo‘ladimi, ularni mamlakat taraqqiyotiga hissa qo‘shishga jalb qilish.

Bu borada ham ishlarni tizimli tarzda yo‘lga qo‘yib, zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish, ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganib, O‘zbekiston sharoitida qo‘llash bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi”, – dedi vazirning birinchi o‘rinbosari.

Farhod Arziyev ushbu reyestrning ahamiyati haqida Xalqaro press-klubning iyun oyidagi sessiyalaridan birida ham to‘xtalib o‘tgan.

“Dunyo tajribasiga qaraydigan bo‘lsak, Turkiyada ham, Xitoyda ham, Hindistonda, Yevropa davlatlari, masalan, Italiya va Irlandiyada ham shunday tajriba bo‘lgan – o‘z vaqtida xorijda shakllangan diasporalarning salohiyati mamlakat taraqqiyotiga jalb qilingan.

Xitoy misolida olsak, ularning diasporasini xuatsyao deyishadi – 90-yillarda xorijdan Xitoyga kirib kelgan investitsiyalarning salkam 90 foizi bevosita xorijda yashayotgan xitoyliklar bilan bog‘liq bo‘lgan. Bugungi kunda bu ko‘rsatkich taxminan 60 foizni tashkil qiladi. Dollarga chaqadigan bo‘lsangiz, so‘nggi yillarda Xitoyga kirib kelayotgan taxminan 350 milliard dollarlik investitsiya bevosita xorijda yashayotgan xitoyliklar tomonidan kiritilgan.

Bu yo‘nalishga biz taraqqiyotimiz uchun o‘sish nuqtalaridan biri sifatida qarayapmiz”, – degandi u.

TIV rasmiysi asli o‘zbekistonlik bo‘lgan chet el fuqarolariga viza masalasida yengillik berilishi mumkinligini ham qo‘shimcha qilgan.

Avvalroq O‘zbekistonda xorijiy mehnat migratsiyasini qo‘llab-quvvatlash uchun yangi tizim yaratilishi haqida xabar berilgandi. Shuningdek, O‘zbekistonda har yili 200 ming kishi mehnat migrantiga aylanayotgani ma’lum qilingan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-08-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 59) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют