» » Ozbekistonda Oltin daftar atamasi joriy etiladi

Ozbekistonda Oltin daftar atamasi joriy etiladi


Ozbekistonda xorijdagi salohiyatli vatandoshlarni royxati jamlanganOltin daftar joriy qilinadi. Bu haqda tashqi ishlar vazirining birinchi orinbosari FarhodArziyev17-avgust kuni Prezident huzurida mehnat migratsiyasi masalalariga bagishlab otkazilgan yigilishdan song Ozbekiston 24gabergan intervyusida malum qildi, deya xabar qildiKun.uz.

Prezident tomonidan belgilab berilgan yana bir yonalish salohiyatli vatandoshlarning imkoniyatlaridan foydalanish.

Oltindaftardegan termin, yani Ozbekistonning taraqqiyotiga u yoki bu manoda xizmat qila oladigan salohiyatli investor boladimi, xorijdagi nufuzli universitetlarda ishlayotgan professor boladimi yoki xalqaro tashkilotlar ishlayotgan vatandoshlar boladimi, ularni mamlakat taraqqiyotiga hissa qoshishga jalb qilish.

Bu borada ham ishlarni tizimli tarzda yolga qoyib, zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish, ilgor xorijiy tajribani organib, Ozbekiston sharoitida qollash boyicha aniq topshiriqlar berildi, dedi vazirning birinchi orinbosari.

FarhodArziyevushbu reyestrning ahamiyati haqida Xalqaro press-klubning iyun oyidagi sessiyalaridan birida ham toxtalib otgan.

Dunyo tajribasiga qaraydigan bolsak, Turkiyada ham, Xitoyda ham, Hindistonda, Yevropa davlatlari, masalan, Italiya va Irlandiyada ham shunday tajriba bolgan oz vaqtida xorijda shakllangan diasporalarning salohiyati mamlakat taraqqiyotiga jalb qilingan.

Xitoy misolida olsak, ularning diasporasinixuatsyaodeyishadi 90-yillarda xorijdan Xitoyga kirib kelgan investitsiyalarning salkam 90 foizi bevosita xorijda yashayotgan xitoyliklar bilan bogliq bolgan. Bugungi kunda bu korsatkich taxminan 60 foizni tashkil qiladi. Dollarga chaqadigan bolsangiz, songgi yillarda Xitoyga kirib kelayotgan taxminan 350 milliard dollarlik investitsiya bevosita xorijda yashayotgan xitoyliklar tomonidan kiritilgan.

Bu yonalishga biz taraqqiyotimiz uchun osish nuqtalaridan biri sifatida qarayapmiz, degandi u.

TIV rasmiysi asli ozbekistonlik bolgan chet el fuqarolariga viza masalasida yengillik berilishi mumkinligini ham qoshimcha qilgan.

AvvalroqOzbekistonda xorijiy mehnat migratsiyasini qollab-quvvatlash uchun yangi tizim yaratilishi haqida xabar berilgandi. Shuningdek, Ozbekistonda har yili 200 ming kishi mehnat migrantiga aylanayotgani malum qilingan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
: admin (18-08-2020, 12:11)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 35) ( 0) ( 33) ( 2)
:
-
:
20 ... -