» » Yurgen Klopp “Liverpul”dan ketganidan so‘ng nima qilishini aytdi

Yurgen Klopp “Liverpul”dan ketganidan so‘ng nima qilishini aytdi


“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp Mersisayd klubi bilan shartnomasi tugagach, tanaffus olishni rejalashtirayotgani haqida gapirdi.

“Men bir yil tanaffus qilaman va o‘zimga: ‘futbolni sog‘indimmi?’, deb savol beraman. Agar javob yo‘q bo‘lsa, unda Yurgen Klopp murabbiylik faoliyatini yakunlaydi.

Agar bir kuni murabbiylikni to‘xtatsam ham, o‘yin oldidan bo‘ladigan aql bovar qilmas bosimni sog‘inmasligim aniq”, — dedi Klopp.

Ma’lumot uchun, “Liverpul” va Klopp o‘rtasidagi amaldagi bitim 2024-yilgacha mo‘ljallangan.

Klopp 2015-yildan beri “Liverpul”ga ustozlik qiladi. Shu yillar mobaynida u to‘rtta musobaqada: Chempionlar Ligasi, UEFA Superkubogi, klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati (barchasi 2018/19-yilgi mavsumda) va 2019/20-yilgi mavsumda Premyer Liga musobaqasida g‘olib chiqdi.

Mavzuga doir:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-08-2020, 13:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют