» » Toshkentda mayyitni o‘likxonadan chiqarish evaziga 200 dollar talab qilgan ekspert ushlandi

Toshkentda mayyitni o‘likxonadan chiqarish evaziga 200 dollar talab qilgan ekspert ushlandi


Toshkentda mayyit uchun pul tama qilgan ekspert qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Sud tibbiy ekspertiza ilmiy amaliy markazi Toshkent shahar filiali boshlig‘i o‘rinbosari va o‘rindoshlik asosida komission ekspertizalar bo‘limi sud-tibbiy eksperti Z.U. o‘z xizmat mavqeyidan foydalanayotgani aniqlangan.

U fuqaro I.ning 15-avgust kuni vafot etgan qarindoshi A.ning murdasini o‘likxonadan chiqarib berish evaziga 200 AQSh dollarini tamagirlik yo‘li bilan talab qilib olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Z.U.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga doir: “O‘zbekiston o‘likxonalarida murdalar sotilmaydi!” Morg xodimining hikoyasi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-08-2020, 16:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют