» » 14 daqiqa yuragi urmay qolgan erkak komaga tushdi, so‘ng ikki marta lotereya g’olibi bo‘ldi (video)

14 daqiqa yuragi urmay qolgan erkak komaga tushdi, so‘ng ikki marta lotereya g’olibi bo‘ldi (video)


1998-yil Avstraliyaning Melburn shahrida yashovchi 37 yoshli Bill Morganning yuragi  14 daqiqa davomida  urishdan to‘xtagan. So‘ngra hayotga qaytgan erkak lotereyada katta yutuq yutib olgan. Uning hayoti xuddi fantastik filmga o‘xshaydi, deb xabar beradi Daily Mail.

Bundan 20 yil avval Morgan  14 daqiqa-yu 38 soniyaga yurak xuruji tufayli hayotdan ko‘z yumadi. So‘ngra u komaga tushib qoladi. Shifokorlar uning qarindoshlariga uning miyasi allaqachon o‘lganini va maxsus qurilmalardan uzib qo‘yishni masalahat beradi. Biroq Morgan 15 kundan so‘ng o‘ziga kelib, yotoqda o‘tirishga muvaffaq bo‘ladi.

Oradan bir oy o‘tib, hayot uni ajoyib sovg‘a bilan siyladi. Morgan sotib olgan latereyaga avtomobil yutug‘i chiqqan edi. OAV bunday g‘ayritabiiy omadga qiziqib qoldi va Avstraliya televideniyasi omad haqida hikoya yozishga harakat qildi. Yuz bergan voqeani takrorlash uchun ular Morgandan gazeta sotiladigan kioskdan lotereya chiptasini sotib olishini so‘radi. Eng hayratlanarlisi shundaki, Morgan sotib olgan lotereya yana yutuqli edi. U bu  safar 250 ming dollar pulga ega bo‘lgandi.

“To‘satdan meni bir tonna g‘isht bilan urishgandek bo‘ldi. Hozir yana bir yurak xuruji yuz beradi, deb o‘ylab qolgandim”, – deydi darhol puliga uy sotib olgan Morgan.

Mana oradan 22 yil o‘tgach televideniya yana mashhurlikka erishdi. Morgan esa hanuzgacha lotereya chiptalarini sotib olishdan charchamaydi, faqatgina yutuqlar chiqmayapti xolos.

Morganning aytishicha, unga berilgan “qo‘shimcha‘ 22 yil uchun hayotdan minnatdor, garchi hozirda kichik ko‘ngilsizliklar bo‘lsa ham. U doimo yurak xurujini keltirib chiqaradigan sog‘lig‘idagi muammolardan xavotirda. Shu sababli nafaqaga chiqishga majbur bo‘ldi. Bundan tashqari, surunkali kasallik singlisini shifoxonaga mixlagan, yaqinlari olamdan o‘tgan.

“Har kuni tongda uyg‘onib, tabiat qo‘yniga chiqaman. Garchi butunlay sog‘lom bo‘lmasam-da, yo‘llarda sayr qilaman, atirgul isini hidlayman. Quyoshga boqib, [komadan keyin] qanchalar baxtli ekanimni o‘ylayman”, – deb so‘zini yakunladi Morgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-08-2020, 16:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют