» » O‘zbekistonda bu yilgi kirish imtihonlarida abituriyentlarning ota-onalari uchun alohida kutish joylari tashkil qilinmaydi

O‘zbekistonda bu yilgi kirish imtihonlarida abituriyentlarning ota-onalari uchun alohida kutish joylari tashkil qilinmaydi


Ichki ishlar vaziri matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov 2020/2021-o‘quv yili uchun kirish imtihonlarida abituriyentlarning ota-onalari uchun kutish joylari tashkil etilmasligini ma’lum qildi. Bu haqda u AOKA zalida tashkil etilgan brifingda aytib o‘tgan.

“Ota-onalar va yaqinlar uchun alohida kutish joylari tashkil qilinmaydi. Test o‘tkaziladigan joylarga olib keluvchi avtomobil yo‘llari kamida 1,5 km radius masofada beton to‘siqlar yoki yuk avtotransporti bilan to‘siladi. Ushbu hududlarda harakatlanish vaqticha cheklanadi. Fuqarolar va avtotransport vositalari to‘planishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Abituriyentlardan va ota-onalardan oldindan shunday cheklov choralariga tayyorgarlik ko‘rishlarini so‘rab qolamiz”, — deydi G‘iyosov. Cheklov o‘rnatilishi muddati qo‘shimcha ravishda OAV orqali e’lon qilinadi.

Abituriyent o‘zi bilan ortiqcha narsa olib kelmaslik so‘raldi. Faqat shaxsini tasdiqlovchi hujjat bo‘lishi lozim. Sinov o‘tkaziladigan joyda ular suv, qalam, tegishli jihozlar, tibbiy niqob bilan ta’minlanadi.

Abituriyentlardan test topshirish joylariga kamida 1 soat oldin kelishlari talab etiladi. Hozirda mahalliy hokimliklar tomonidan abituriyentlar uchun alohida avtobuslarni tashkil etish masalasi ko‘rilmoqda. Natijasi yuzasidan qo‘shimcha ravishda axborot beriladi.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yilda O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalariga (OTM) bakalavriat bosqichiga 162 364 ta, magistraturaga 10 425 ta o‘rin ajratilgan. Kirish imtihonlari ikki smenada respublika bo‘yicha tanlab olingan 155 ta stadionning 40 tasida o‘tkaziladi. Oliy o‘quv yurtlariga kirish test sinovlari 2-sentabrdan boshlanib, 14 kun davom etadi, bakalavr bosqichining 1, 2, 3, 4-bosqich talabalariga hozircha sentabr oyidan boshlab masofaviy ta’lim boshlanadi.

Respublika Ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining qaroriga muvofiq, test sinovlari bilan bir qatorda kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkaziladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar avvalgi yillarda olingan mos fan bo‘yicha test sinovlari bilan almashtirilgan.

Avval abituriyentlarga har 30 ta test topshirig‘ini yechish uchun (javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga) 90 daqiqa (60 ta test topshirig‘iga jami 180 daqiqa beriladi) vaqt ajratiladi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-08-2020, 17:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют