» » Karantin davrida avtomobil “tonirovkasi” muddati, ehtiyot qismlar xaridi va ta’mirlash masalasiga aniqlik kiritildi

Karantin davrida avtomobil “tonirovkasi” muddati, ehtiyot qismlar xaridi va ta’mirlash masalasiga aniqlik kiritildi


Avtomobil oynalari tusini o‘zgartirish (qoraytirish) ruxsatnomasi muddati o‘tsa, joriy yilning 1-iyuligacha avtotransportni haydash mumkin. Biroq karantin davri hisobidan qo‘shimcha muddat berilmaydi. Bu haqda AOKA huzurida tashkil etilgan shtabdagi brifingda Ichki ishlar vaziri matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov ma’lum qilgan.

Fuqarolar karantin davrida oynalari qoraytirilgan avtomobildan foydalanish imkoni chegaralangani, karantin muddati cho‘zilgan taqdirda shu davr uchun ruxsatnomaga qo‘shimcha muddat qo‘shilishiga izoh so‘ragan.

Mavzuga doir: Shohrux G‘iyosov: “Karantin davrida muddati tugaydigan barcha ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatlar muddati 1-iyulgacha uzaytirilgan”

Ichki ishlar vaziri matbuot kotibi ruxsatnoma muddati o‘tsa, joriy yilning 1-iyuligacha avtotransportni haydash mumkin, ammo karantin davri hisobidan, qo‘shimcha muddat berilmasligini ta’kidladi. Karantin cheklovlari tugagandan so‘ng, odatiy tartib bo‘yicha ish olib borilishi qo‘shimcha qilindi.

Shuningdek, Shohrux G‘iyosov fuqarolarning savollariga javoban avtomobilga ehtiyot qismlar sotib olishda yetkazib berish (dostavka) xizmatidan foydalanish, tezkor ta’mir zarur bo‘lgan holatlarda evakuator chaqirish tavsiya etilganini bildirdi.

Mavzuga doir: Shohrux G‘iyosov: “Maxsus stikeri bor avtomobil egalarining barcha hujjatlari to‘liq bo‘lishi kerak”

Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil, 2-avgustdagi 646-sonli qarori bilan O‘zbekistonda “tonirovka”ga ruxsat berilgan. Ruxsatnoma 1 yil amal qiladi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2020, 22:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют