» » Uychi tumani mutasaddilari bilan karantinda ziyofatda o‘tirgan IIB xodimiga hayfsan berildi

Uychi tumani mutasaddilari bilan karantinda ziyofatda o‘tirgan IIB xodimiga hayfsan berildi


Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyati Uychi tumani mutasaddilari ishtirokidagi ziyofat videosi tarqalgani va oqibatda tuman hokimining qurilish ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Muxtorjon Bobojonovga tuman hokimining farmoyishi bilan hayfsan intizomiy jazo chorasi ko‘rilgani haqida xabar berilgan edi.

Ziyofatda qatnashgan tuman IIBning tashkiliy ishlar bo‘limi boshlig‘i Husanboy To‘xtaboyev xatti-harakatlari yuzasidan esa tuman IIB tomonidan xizmat tekshiruvi olib borilayotgani ta’kidlangandiNamangan viloyati IIB ushbu holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Viloyat IIB ma’lum qilinishicha, 2020-yilning 12-avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videorolikda IIO xodimi ham tasvirda borligi qayd etilgan. Ushbu holat bo‘yicha Namangan viloyat IIB tomonidan o‘rganish ishlari olib borilib, videotasvirdagi xodim haqiqatdan ham Uychi tuman IIB xodimi ekanligi tasdiqlangan va unga nisbatan viloyat IIB tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, qattiq hayfsan intizomiy jazosi berilgan.

Mazvuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-08-2020, 20:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 47) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют