WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » “Toshkent shahar suv ta’minoti”ga yangi rahbar tayinlandi
“Toshkent shahar suv ta’minoti”ga yangi rahbar tayinlandi
Maqsud Abbosxonov “Toshkent shahar suv ta’minoti” MChJga rahbar etib tayinlandi, deya xabar bermoqda Toshkent shahar hokimligi.
Ma’lum qilinishicha, Maqsud Abbosxonov 2004-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini tamomlagan.
Yangi rahbar 2015-yilda O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida tahsil olgan.
Mehnat faoliyatini 2004-yilda Toshkent gidromelioratsiya kasb-hunar kolleji direktori o‘rinbosari sifatida boshlagan.
Avvalroq Abdulla Avloniy nomidagi malaka oshirish institutiga yangi rektor, Qashqadaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar, Sudyalar oliy kengashiga rais hamda Jizzax viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlangani haqida xabarlar berilgan edi.
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!