» » Norozilik namoyishlarini qo‘llab-quvvatlagan Belarusning Slovakiyadagi elchisi iste’foga chiqish uchun ariza berdi

Norozilik namoyishlarini qo‘llab-quvvatlagan Belarusning Slovakiyadagi elchisi iste’foga chiqish uchun ariza berdi


Belarusning Slovakiyadagi elchisi Igor Leshenya iste’foga chiqish haqida ariza berganini ma’lum qildi. Diplomat o‘z arizasini Belarusda prezidentlik saylovidan keyin boshlangan tinch namoyishlar ishtirokchilarini qo‘llab-quvvatlash haqida qilgan videomurojaatidan ikki kun o‘tib bergan, deb yozmoqda Meduza.

“Bu mantiqiy qadam, chunki elchi sifatida men amaldagi prezident tomonidan tayinlanganman va u tomonidan belgilangan siyosatni amalga oshirishim kerak. Tashqi ishlar vazirligining bildirishicha, mening bayonotimda ifodalangan fuqarolik pozitsiyasi bu doiradan tashqariga chiqqan”, — dedi Leshenya.

Lukashenko hozircha Slovakiyadagi elchining iste’fosi haqidagi farmonni imzolamagan.

Igor Leshenya 16-avgust kuni videomurojaat qildi va unda namoyishlarda ishtirok etayotgan belarusliklar bilan birdamligini ma’lum qildi.“Barcha belarusliklar kabi men ham mamlakatim fuqarolarining qiynoqqa solinishi va kaltaklanishidan shokdaman”, — deya ma’lum qilgan elchi. U Belarusning namoyishlarni qo‘llab-quvvatlagan amaldagi birinchi elchisi bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Belarusda 9-avgust kuni prezident saylovi bo‘lib o‘tdi. Saylov kuni Minsk markazida harbiy texnika paydo bo‘ldi. Belarus militsiyasi saylov uchastkalari oldida to‘plangan odamlarni qo‘lga oldi. Saylov kuni oqshomida mamlakatning barcha yetakchi ommaviy axborot vositalarining saytlari ochilmay qoldi. Poytaxt Minskda prezident saylovidan keyin norozilik namoyishi boshlandi. Shundan buyon mamlakatda norozilik namoyishlari va namoyishchilarni qo‘llab-quvvatlash uchun chiqishlar davom etmoqda.

Kanada, Irlandiya va Buyuk Britaniya Belarusdagi prezidentlik saylovi natijalarini tan olmadi. AQSh prezidenti Donald Tramp Belarusda yuz berayotgan voqealarga o‘z munosabatini bildirdi.

Avvalroq Yevrokomissiya ittifoq mamlakatlarni Minskka qarshi sanksiyalar qo‘llashga tayyor deb baholayotgani haqida xabar berilgandi. BMT bosh kotibi esa Belarusda saylovlardan keyin yuzaga kelgan mojaroni muloqot orqali hal qilishga chaqirdi. Yevropa parlamenti Lukashenkoga Persona non grata maqomini berdi va Moskvadan Belarus ishlariga aralashmaslikni so‘radi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-08-2020, 01:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют