» » O‘zbekistonda axborot texnologiyalari sohasida ayollar startaplarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi loyiha boshlandi

O‘zbekistonda axborot texnologiyalari sohasida ayollar startaplarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi loyiha boshlandi


IT Park AQSh Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) ko‘magida O‘zbekistonda axborot texnologiyalari sohasida ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan Tumaris Tech loyihasini boshladi, deb xabar berdi IT Park’ning matbuot xizmati.

Loyiha AKT ekotizimida ayollarning ishtirokini kuchaytirishga qaratilgan.

“Bu loyiha O‘zbekiston uchun juda zarur, chunki hozirgi paytda gender tengsizligining jiddiy muammosi mavjud. Boshqa sohalar qatorida IT sohasida ishlaydigan ayollarning juda tor qatlami mavjudligi shundan dalolat beradi”, — deyiladi xabarda.

Loyiha doirasida, xususan, ayollarning startaplarini qo‘llab-quvvatlash rejalashtirilgan. Bu yerda ta’sischilarning kamida yarmi va jamoaning 60 foizi ayollardan tashkil topgan.

“Loyihaning ushbu komponenti o‘z biznesini boshlash uchun allaqachon tayyor bo‘lgan va g‘oyaning rivojlanish bosqichida bo‘lgan ayollarga qaratilgan”, — deyiladi IT Park xabarida.

Bundan tashqari, kuzatuv/murabbiylik institutidan foydalanish kutilmoqda. Har ikki loyiha uchun jamoani boshqaradigan va qo‘llab-quvvatlaydigan, kerakli maslahat va izohlarni beradigan bitta kuzatuvchi/murabbiy aniqlanadi.

Eng muvaffaqiyatli g‘oyalar moliyalashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladi va ba’zi ishtirokchilar kelajakda o‘zlari investitsiya qilish uchun o‘qitiladi.

Tashkilotchilar nomoddiy qo‘llab-quvvatlash uchun Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT)dan qo‘shimcha hamkorlarni Xotin-qizlar qo‘mitasiga jalb qilishni rejalashtirmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-08-2020, 07:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 73) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют