» » Adliya vazirligi loyihasi doirasida nogironligi bo‘lgan ishbilarmon ayollar ish bilan ta’minlanadi

Adliya vazirligi loyihasi doirasida nogironligi bo‘lgan ishbilarmon ayollar ish bilan ta’minlanadi


O‘zbekiston Adliya vazirligi tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Biz birgamiz” deb nomlangan ijtimoiy loyiha ish boshladi, deb xabar beradi O‘zA.

Ijtimoiy loyihaning asosiy maqsadi nogironligi bo‘lgan shaxslar, xususan, nogironligi bo‘lgan ayollarni ijtimoiy va moddiy qo‘llab-quvvatlashdir.

Loyiha doirasida bevosita Adliya vazirligi ko‘magida Korzinka.uz supermarketlar tarmog‘i, Ecobozor kabi yirik savdo majmualarida maxsus savdo rastalari tashkil etildi. Unda o‘z uylarida turgan holda turli xildagi buyumlar, mahsulotlar tayyorlash bilan shug‘ullanadigan, biroq o‘z mahsulotlarini realizatsiya qilishda turli qiyinchiliklarga uchrayotgan nogironligi bo‘lgan ishbilarmon ayollarning tayyorlagan mahsulotlari sotiladi.

Loyihaning dastlabki bosqichida 50 nafar nogironligi bo‘lgan ishbilarmon ayol o‘z uylaridan chiqmagan holda ish bilan ta’minlanadi.

Mazkur loyiha barcha hududlarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Xususan, chekka hududlarda istiqomat qilayotgan nogironligi bo‘lgan ayollar tayyorlaydigan mahsulotlarni sotish uchun hududiy adliya organlari tomonidan viloyatlar markazlaridagi yirik savdo majmualarida xuddi Toshkent shahridagi kabi maxsus savdo rastalari tashkil qilinadi.

Loyihani muntazam amalga oshirish uchun Adliya vazirligi hamda Ecobozor, Korzinka.uz kabi yirik savdo majmualari rahbarlari bilan uzoq muddatli hamkorlik kelishuvlari imzolandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-05-2018, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют