» » Samarqandda 48 mln so‘mlik dori vositalarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi

Samarqandda 48 mln so‘mlik dori vositalarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi


Samarqandda viloyat Bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan 48 million 485 ming so‘mlik dori vositalarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat bojxona boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Viloyat bojxona boshqarmasi xodimlarining Samarqand shahrida o‘tkazgan tezkor tadbirida “Ulug‘bek” avtoturargohi hududida turgan M.M. boshqaruvidagi Lacetti avtomashinasi ko‘zdan kechirilgan.

Avtomashina yukxonasida yo‘lovchi N.S.ga tegishli 48 million 485 ming so‘mlik noqonuniy dori vositalari borligi ma’lum bo‘lgan.

Yukxonadagi 50 dona “Slideron”, 100 dona “Stanhep” nomli dori vositasi, 172 dona ko‘zoynak, 50 dona “Recyclable” nomli va 51 dona “Face Shield” nomli himoya shlemi, 489 dona “Virus shut out” nomli hamda 31 dona “Virus blocker disinfection card” nomli blokator guvohlar ishtirokida ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-08-2020, 08:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют