» » Andijonda uch kishini jami 35 200 dollarga “uxlatgan” shaxs qo‘lga olindi

Andijonda uch kishini jami 35 200 dollarga “uxlatgan” shaxs qo‘lga olindi


Andijon viloyatida birgalikda biznes yuritish maqsadida uch fuqarodan katta miqdorda pul olib, o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan shaxs qo‘lga olindi, deb xabar qildi Tergov departamenti.

Ma’lum qilinishicha, 2019-yilning dekabr oyidan 2020-yil-10 mart kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida 43 yoshli T.K. aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan o‘zganing mulkini qo‘lga kiritish maqsadida fuqarolar 54 yoshli X.A. va 43 yoshli G.J.ga yog‘-moy mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanishini, 56 yoshli N.A.ga esa birgalikda kafe ochib biznes qilishni aytib, ularning ishonchiga kirib, aldagan. T.K. yuqorida qayd etilgan uch kishidan jami 35 200 AQSh dollari pul mablag‘larini olib, shaxsiy ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Andijon shahri bo‘yicha IIO FMB 4-sonli IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan T.K.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Toshkentda ikki fuqaroning 214 million so‘m pulini “yeb yuborgan” shaxs qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-08-2020, 09:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют