» » Andijonda 3 700 dollar evaziga ishga joylashtirib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi

Andijonda 3 700 dollar evaziga ishga joylashtirib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi


Andijon viloyatida UzAuto Motors AJga katta pul evaziga ishga kiritib qo‘yishni taklif qilgan shaxs qo‘lga olindi, deya xabar qildi Tergov departamenti.

Qayd etilishicha, Аsaka tumani “Yangisor” MFYda yashovchi 38 yoshli А. o‘ziga oldindan tanish bo‘lgan 49 yoshli T.ning ishonchiga kirib oladi. A. 2020-yilning yanvar oyida T.ning o‘g‘li va jiyanlarini Аsaka tumanida joylashgan UzAuto Motors АJga ishga olib kirib qo‘yishini va’da qiladi.

Shundan so‘ng, T.ning 3 700 АQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, o‘zining shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuboradi.

Mazkur holat yuzasidan Аsaka tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan А.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” (Firibgarlik) bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda va yetkazilgan moddiy zararni qoplash masalasi ko‘rilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-07-2020, 21:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 88) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют