» » O‘zbekistonda ko‘zi ojiz o‘quvchilar uchun ilk bor 10 va 11-sinf darsliklari chop etiladi

O‘zbekistonda ko‘zi ojiz o‘quvchilar uchun ilk bor 10 va 11-sinf darsliklari chop etiladi


O‘zbekistonda birinchi marta ko‘zi ojiz o‘quvchilar uchun 10 va 11-sinf darsliklari chop etilmoqda, deb xabar berdi O‘zA.

Qayd etilishicha, maxsus ta’lim yo‘nalishida imkoniyati cheklangan o‘quvchilar uchun 2020/2021-o‘quv yilida 160 nomdagi darsliklar chop etilmoqda. Respublika ta’lim markazi matbuot xizmatining xabar berishicha, avval hech qachon ko‘rish imkoniyati cheklangan o‘quvchilar uchun bunday katta hajmda darsliklar chop etilmagan.

Ilgari ko‘zi ojiz o‘quvchilarimiz uchun chop etilayotgan Brayl darsliklarida rasmlar so‘z orqali ifodalangan. Bu yilgi o‘zgartirishlardan biri, ushbu darsliklarga bo‘rtma shakldagi rasmlar va xaritalarning kiritilishi ekanligi ta’kidlangan.

Shuningdek, ilk bor 10 va 11-sinflar uchun 9 nomdagi Brayl darsliklari hamda kar va zaif eshituvchi o‘quvchilar uchun 4 nomdagi yangi darsliklar tayyorlanmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-08-2020, 09:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют