» » Amerikalik erkak odamlarga niqob otadigan pistolet yaratdi (video)

Amerikalik erkak odamlarga niqob otadigan pistolet yaratdi (video)


Amerikalik bloger Allen Pen o‘zining YouTube’dagi kanalida tibbiy niqoblarni otishga qodir pnevmatik pistolet bilan bo‘lishdi. Pistoletning to‘rtta stvol og‘zi bo‘lib, ularga siqilgan karbonat angidridli ballonchalar o‘rnatilgan: har bir stvoldan o‘q uzilganida metall parchaga ulangan to‘rtta niqob ipchalari otilib chiqadi. Niqob inson yuziga tekkach, uning bo‘yniga bog‘lanadi.

Pandemiya vaqtida turli davlatlar hukumati kasallanish holatlarini kamaytirish uchun turli cheklovlarni joriy etmoqda: koronavirus aniqlangan bemor uchun majburiy bo‘lgan karantin cheklovlari — ijtimoiy masofalanishga rioya qilish, shuningdek, niqob va qo‘lqopda yurish. Ushbu cheklovlardan oqilona foydalanish orqali virus tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik mumkin, biroq cheklovlar yengillashgani bois niqob taquvchilar ham kamaymoqda.

Ayrim insonlar niqobda o‘zlarining ozodligini cheklangan deb hisoblab, ommaviy ravishda ulardan voz kechmoqda. Xususan, Kaliforniyaning Xantington Bich shahri aholisi niqob taqishga yorqin qarshilik ko‘rsatayotgan hududlardan biri: hukumatning niqob taqish borasidagi talablariga javoban ular ommaviy norozilik ham uyushtirmoqda. Bunga javoban Allen Pen odamlarga to‘g‘ri niqob otadigan pnevmotik pistoletni yaratdi.

Niqob otishdagi xavfsizlikni ta’minlash maqsadida unga mo‘ljallagich o‘rnatilgan. Bunda bo‘yinni ko‘zlash kerak: shunda niqob yuzga, uning toshchalari esa boshning orqa tomoniga uchadi.

Pen ushbu pistoletni o‘zi va manekenda sinab ko‘rgan: u yetarli darajadagi yaqin masofadan turib niqobni to‘g‘ri otishga muvaffaq bo‘lgan. Shuningdek, u Xantington Bich aholisiga ham o‘z qurilmasidan foydalanib ko‘rishga ruxsat bergan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-08-2020, 09:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют