» » Qamchiq dovonida tog‘li hududga dam olishga chiqqan fuqaro qiyalikdan yiqildi

Qamchiq dovonida tog‘li hududga dam olishga chiqqan fuqaro qiyalikdan yiqildi


Favqulodda vaziyatlar vazirligi 2020-yilning 18-avgust kuni soat 11:43 larda “Qamchiq” dovonida joylashgan “Qo‘shminor” MFYning aholi yashash joyidan uzoqda tog‘li hududining yuqori qismiga dam olish uchun chiqqan fuqaro qiyalikdan yiqilib tushgani haqida xabar qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, ikki nafar fuqaro tog‘li hududga dam olishga chiqqan. Biroq ulardan biri ehtiyotsizlik oqibatida qiyalikdan tushib ketgan.

Ular voqeadan keyin dastlab tez tibbiy yordamga qo‘ng‘iroq qilgan. Tibbiyot xodimlari voqea joyiga yetib kelib, jarohatlangan odamning ancha balandlikda ekanini aytgan. Fuqaroni quyiga tushirib olishda qo‘shimcha yordam kerakligi bois holat yuzasidan “Qamchiq” qutqaruv otryadi xodimlariga xabar berilgan.

FVV xabariga ko‘ra, boshqarmaning qutqaruv guruhidan oddiy askar J. Kuranbayev hodisa joyiga kelgan va tez tibbiy yordam xodimlari bilan birga jabrlanuvchini pastga olib tushgan.

Fuqaroga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan va u Pop tumani markaziy shifoxonasiga yuborilgan.

Avval 2020-yil 18-iyul kuni Isuzu haydovchisining uxlab qolishi oqibatida, yuk mashinasi oldinda harakatlanib ketayotgan Sams’ga borib urilgani, Isuzu haydovchisi va uning yonidagi sherigi tan jarohati olgani, FVV qutqaruvchilari gidravlik asbob-anjomlar yordamida siqilib qolgan haydovchi va uning sherigini mashinadan chiqarib olib, ularga tibbiy yordam ko‘rsatgani haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-08-2020, 10:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют