» » Samarqandlik 19 yoshli qiz uch yoshli E’zozani davolash uchun berilgan 25 mln so‘mlik xayriya pullarini o‘zlashtirishga urindi

Samarqandlik 19 yoshli qiz uch yoshli E’zozani davolash uchun berilgan 25 mln so‘mlik xayriya pullarini o‘zlashtirishga urindi


Toshkent viloyati IIBB 1-mintaqaviy hudud muvofiqlashtirish markazi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Telegram’da xayriya uchun deb 10 million so‘m va 1400 AQSh dollari miqdoridagi pullarni firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirayotgan shaxs Samarqand shahrida qo‘lga olindi.

13-avgust kuni Toshkent viloyati IIBB 1-mintaqaviy hudud boshlig‘i nomiga Chirchiq shahrida yashovchi E’zozaning otasi fuqaro E.Gulmetov ariza bilan murojaat qilgan. U o‘z arizasida no’malum ayol uning qizi E’zozaga tegishli bo‘lgan ma’lumotlarni o‘zlashtirish orqali Telegram’da tashkil etilgan “E’zozaga yordam” guruhida o‘zini go‘yoki qizning onasi deb tanishtirib, firibgarlik yo‘li bilan xayriya pullarini o‘zlashtirayotgani haqida bayon qilib, unga tegishli chora ko‘rishni so‘ragan.

Holat yuzasidan IIBB tezkor xodimlari tomonidan olib borilgan surushtiruvlar davomida ushbu ayolning E’zozaga yoki uning yaqin qarindoshlariga hech qanday aloqasi yo‘qligi aniqlangan va jinoyatni barvaqt oldini olish maqsadida tezkor tadbir tashkil etilgan.

Tadbirga o‘z ixtiyori bilan ko‘maklashishga rozilik bildirgan E’zozaning otasi internetdagi noma’lum ayol bilan shartli ravishda “saxovatli inson” bo‘lib telefon orqali muloqotga kirishgan. Shunda, ayol E’zozaning onasi ekanligini va qizchaning kunlik muolajalari uchun zudlik bilan 25 million so‘m pul zarurligini, uning ahvoli og‘irligini va o‘zi Samarqand viloyatida ekanligini aytib, xayriya pullarini olish uchun Toshkent shahrida ichki ishlar xodimi bo‘lib ishlovchi tanishini yuborishini aytgan.

Shundan so‘ng, tadbirga IIV O‘XB Toshkent viloyati bo‘yicha bo‘limi xodimlari ham jalb etilgan va soat 17:30 larda belgilangan joyga kelib “saxovatli inson”ga o‘zini Shavkat deb tanishtirgan fuqaro xayriya sifatida berilayotgan kelishilgan pullarni olayotgan vaqtida tadbir qatnashchilari tomonidan daliliy ashyolar bilan ushlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu fuqaro aslida 1981-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan, Samarqand—Toshkent yo‘nalishida yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi Shavkat B. ekanligi va biron-bir huquqni muhofaza qiluvchi organda xizmat qilmasligi aniqlangan.

Ushlangan shaxs bilan o‘tkazilgan suhbat davomida unga noma’lum ayol qo‘ng‘iroq qilib, Toshkent shahrida 10 million so‘m va 1400 AQSh dollari miqdoridagi pullari borligini, faqat pulni olayotgan odamiga o‘zini IIO xodimi deb tanishtirishini iltimos qilganligini va buning evaziga 200 ming so‘m pochta puli olishga kelishganini ma’lum qilgan.

Haydovchi Shavkat B. o‘z ixtiyori bilan tezkor tadbirni davom ettirishga rozilik bildirgan.

14-avgust kuni Samarqand shahrida tezkor tadbir davom ettirilib, firibgarlikda gumonlanuvchi ayol haydovchi Shavkatdan kelishilgan pullarni olayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Firibgarlikda gumonlangan shaxs 2001-yilda tug‘ilgan, turmushga chiqmagan Samarqand shahrida yashovchi M.M. ekanligi aniqlangan. O‘tkazilgan suhbat davomida, u Telegram’da faol ekanligi va bir biridan farq qiluvchi 8 ta profildan foydalanishi ularning 4 tasi AQSh raqamlaridan ochilganligi ma’lum bo‘lgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan, fuqaro M.M.ga nisbatan Qibray tumani IIB TB tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-08-2020, 11:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют