» » Rio Ferdinand yarim yilga avtomobil boshqarish huquqidan mahrum qilindi

Rio Ferdinand yarim yilga avtomobil boshqarish huquqidan mahrum qilindi


“Manchester Yunayted” afsonasi Rio Ferdinand yarim yil muddatga avtomobil boshqarish huquqidan mahrum etildi, deya xabar qilmoqda BBC.

41 yoshli sobiq futbolchi 18-avgust kuni bo‘lib o‘tgan sud majlisida o‘z aybini tan olgan. U avtomobil boshqarib ketayotgan vaqtda tezlikni oshirgani haqiqat ekanligiga iqror bo‘lgan.

Sud qaroriga ko‘ra, Ferdinand olti oy muddatga avtomobil boshqarish huquqidan mahrum etilgan. Shuningdek, Rio 822 funt miqdorida jarimaga tortilgan.

2015-yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan Ferdinand hozirgi vaqtda Angliya televideniyesida ekspert sifatida ish olib boradi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-08-2020, 12:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 123) ( 0) ( 120) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют