» » Neymar tibbiy protokolni buzgani uchun Chempionlar Ligasi finalini o‘tkazib yuborishi mumkin

Neymar tibbiy protokolni buzgani uchun Chempionlar Ligasi finalini o‘tkazib yuborishi mumkin


PSJ hujumchisi Neymar Chempionlar Ligasining final uchrashuvini o‘tkazib yuborishi mumkin.

The Sun nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, ehtimoliy diskvalifikatsiyaga sabab Neymarning o‘yindan so‘ng “Leypsig” himoyachisi Marsel Xalstenberg bilan o‘zaro libos almashgani bo‘lishi mumkin.

Ta’kidlanishicha, UEFA koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyatni hisobga olib, o‘yinchilarga libos almashishni taqiqlagan. Majburiyatlarga amal qilmaslik esa intizom qoidalariga muvofiq jazoga olib kelishi mumkin.

Avvalroq Lissabondagi (Chempionlar Ligasi) turnirda o‘zaro libos almashgan o‘yinchilar 12 kunlik o‘zini o‘zi yakkalash holatiga olinishi haqida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Chempionlar Ligasining final uchrashuvi 23-avgust sanasiga belgilangan. “Bavariya”—“Lion” uchrashuvi g‘olibi PSJga qarshi musobaqa g‘olibligi uchun maydonga tushadi.

Neymar ushbu mavsumda klub miqyosidagi barcha turnirlarda 26 uchrashuv o‘tkazib, 19 gol va 12 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Tavsiya:

Mavzuga doir: Neymar: “Chempionlar Ligasidan chiqib ketish xayolimga ham kelmadi”



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-08-2020, 13:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют