» » Dilshod Ikromov Uzcard bosh direktori etib tayinlandi

Dilshod Ikromov Uzcard bosh direktori etib tayinlandi


Dilshod Ikromov “Yagona umumrespublika protsessing markazi” MChJning (Uzcard brendi) yangi bosh direktori etib tayinlandi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmatiga tayanib, Spot xabar berdi.

Dilshod Ikromov bunga qadar O‘zbekiston Markaziy bankining Axborot texnologiyalari departamenti direktori, Humo to‘lov tizimi rahbari o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Shu kungacha Uzcard’ni kompaniyaning 75 foiz ulushiga egalik qilayotgan Ahror Mahmudov boshqarib kelayotgan edi.

“Meni bosh direktor etib tayinlashganida asosiy ta’sischi ingliz kompaniyasi edi. Bozor o‘zgarishi munosabati bilan Humo’ga o‘xshash muqobil to‘lov tizimi paydo bo‘ldi, xorijlik hamkorlar bozordan chiqishga qaror qildi. Sotuv bo‘yicha uzoq jarayonlar boshlandi. O‘shanda men kompaniya rahbari sifatida uning 75 foiz ulushini sotib olish istagini bildirdim. Kreditga ma’lum mablag‘ oldim. Qarz yuki ko‘paya borgach, Uzcard’dagi ulushimni sotishga qaror qildim. Yangi ta’sischi mening investitsion majburiyatlarimni o‘z zimmasiga oldi”, — deya oydinlik kiritadi Mahmudov.

May oyida Oybek Tursunov Uzcard’ning ustav jamg‘armasidagi 75 foiz ulush egasiga aylangani, qolgan 25 foiz ulush esa Uzcard hisobida qolgani haqida xabar berilgan edi. 8-avgust holatiga ko‘ra kompaniyaning 51 foizi O‘zbekiston Milliy bankiga, 6 foizi “Sanoatqurilishbank”ga, 6 foizi “Asaka” bankiga, 6 foizi “Ipoteka bank”ga va yana 6 foizi “Aloqabank”ga tegishli.

Axror Mahmudov, shuningdek, kompaniyadan ketishiga ham izoh bergan. Uning ta’kidlashicha, yangi ta’sischilar kelgani sabab u va uning jamoasi ishdan ketish bo‘yicha ariza yozgan.

“Uzoq vaqt dam olish va ta’tilsiz ishlaganim sabab hozircha hordiq chiqarmoqchiman. Takliflar kelmoqda, biroq hozircha qayerda ishlashimni aniqlab olganim yo‘q”, — deydi u kelajakdagi rejalari haqida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-08-2020, 17:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют