» » RPL. “Spartak” safarda “Ufa”ni mag‘lub etolmadi, “Lokomotiv” ham ochko yo‘qotdi

RPL. “Spartak” safarda “Ufa”ni mag‘lub etolmadi, “Lokomotiv” ham ochko yo‘qotdi


Futbol bo‘yicha Rossiya Premyer Ligasining 3-turida “Spartak” 19-avgust, chorshanba kuni “Ufa” bilan bahs yuritdi.

Uchrashuvning 2-daqiqasida mezbonlar sardori Pavel Alikin burchakdan uzatib berilgan to‘pni boshi bilan darvozaga joylab qo‘ydi. Moskvaliklar bunga 18-daqiqada Esekiel Ponsening kiritgan to‘pi bilan javob qaytardi.

Qolgan daqiqalar “qizil-oqlar”ning ustunligida o‘tdi, biroq “Spartak” o‘yinchilari mezbonlar darvozasi tomon yo‘l topa olmadi.

Mazkur o‘yinda qaydnomaga kiritilgan Oston O‘runov maydonga tushmadi va o‘zbekistonlik futbolchining debyuti kechikadigan bo‘ldi.

“Spartak” 5 ochko bilan hozircha 6-o‘rinda bormoqda. “Ufa” (4) esa 8-pog‘onadan joy olgan.

Parallel kechgan bahsda “Lokomotiv” jamoasi “Ural”ga qarshi bahs olib bordi. Unda poytaxtliklar Fyodor Smolovning so‘nggi daqiqalardagi goli evaziga mag‘lubiyatdan qutulib qoldi. “Temiryo‘lchilar”ning o‘zbekistonlik yarim himoyachisi Jasur Jaloliddinov qaydnomadan o‘rin olmadi.

RPL

3-tur bahslari

19-avgust, chorshanba

Gollar: 1:0 – 2 Alikin, 1:1 – 18 Ponse.

“Ufa”: Belenov, Nedelcharu, Nikitin, Suxov, Danchenko (Till, 73), Golubev, Aliyev, Alikin, Karp, Yokich (Folmer, 36), Jamaletdinov (Krotov, 84).

“Spartak”: Maksimenko, Jigo, Jikiya, Maslov, Ayrton, Zobnin, Umyarov, Kral, Larsson (Glushenkov, 83), Sobolev, Ponse (Bakayev, 76).

Ogohlantirishlar: Alikin (27), Jamaletdinov (78), Folmer (80).

Gollar: 1:0 – 74 Yegorichev, 1:1 – 87 Smolov.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-08-2020, 20:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют