» » Koronavirusga qarshi Xitoy vaksinasi dekabr oxirida sotuvga chiqadi

Koronavirusga qarshi Xitoy vaksinasi dekabr oxirida sotuvga chiqadi


Koronavirusga qarshi Xitoy tomonidan yaratilgan vaksina dekabr oxirlarida bozorga chiqadi. Vaksina 144 dollardan sotuvga chiqadi. Bu haqda Sinopharm farmatsevtika korporatsiyasi rahbari Lyu Szinchjenga tayanib, Reuters xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, dori vositasi 2020-yilning oxirida sotuvga chiqadi. Hozirda vaksina BAAda uchinchi — yakuniy bosqich sinovlaridan o‘tkazilmoqda. Uxan va Pekindagi zavodlar yiliga 2 million doza vaksina ishlab chiqarish quvvatiga ega.

Avvalroq Amerikaning Moderna kompaniyasiga tegishli koronavirus vaksinasining dozasi 25—30 dollar atrofida bo‘lishi haqida xabar berilgandi. Emlash kursi esa 50—60 dollarga baholangan. AQSh aholisi uchun vaksina bepul bo‘ladi — dori vositasini davlat sotib oladi.

Moderna raqiblarida esa vaksina narxi bundan ham arzon: Amerikaning Pfizer va Germaniyaning BioNTtech kompaniyalari AQShga 100 million doza vaksinani 19,5 dollardan sotishni rejalashtirmoqda. Britaniya—Shvetsiyaning AstraZeneca kompaniyasi esa vaksina dozasini 3—4 dollardan yetkazib berish niyatida.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-08-2020, 20:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 85) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют