» » To‘rtko‘lda IIB xodimlari tomonidan olib ketilganidan keyin komaga tushib, vafot etgan fuqaro ishi yuzasidan yangi tafsilotlar ma’lum qilindi

To‘rtko‘lda IIB xodimlari tomonidan olib ketilganidan keyin komaga tushib, vafot etgan fuqaro ishi yuzasidan yangi tafsilotlar ma’lum qilindi


Ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqalpog‘istonning To‘rtko‘l tumanida istiqomat qilgan fuqaro ichki ishlar organi xodimlari olib ketganidan so‘ng sirli ravishda komaga tushgani va oradan 13 kun o‘tib, vafot etgani haqida xabarlar tarqalgandi. Bosh prokuratura matbuot xizmati To‘rtko‘lda rostan ham shunday holat yuz berganini tasdiqlagan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV axborot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda “To‘rtko‘lda militsiya bo‘limida komaga tushgan yigit vafot etdi” sarlavhasi ostida tarqalgan maqolada keltirilgan vajlar haqiqatga umuman to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qildi.

Vazirlik xabariga ko‘ra, 2020-yilning 26-iyulida, taxminan, soat 16:30 larda To‘rtko‘l tumani IIB navbatchilik qismiga To‘rtko‘l tumani “Yangiobod” MFYdagi xonadonlar biridan X.Ch. qo‘ng‘iroq qilgan. U mast holatda bo‘lgan turmush o‘rtog‘i S.I. o‘zining qaynotasi bilan urishib, ikkovi bir-birini do‘pposlayotgani haqida ma’lumot bergan.

“Xonadon egasi S.I. spirtli ichimliklarga ruju qo‘ygan shaxs hisoblanib, doimiy ravishda xonadonda janjallar uyushtirib kelgan. Ushbu oila bilan mahalla faollari hamda profilaktika inspektori tomonidan doimiy ravishda profilaktik suhbatlar o‘tkazilgan.

Kelib tushgan xabar asosida hududiy profilaktika inspektori leytenant M.Jumaniyazov, sherigi profilaktika inspektori leytenant M.Jabbarbergenov bilan birga voqea joyiga yetib borgan. Hodisa yuz bergan uyda fuqaro S.I. mast holda oila tinchligini buzgani va uning badanida tan jarohatlari borligi aniqlanib, bemorga tez tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida tuman tibbiyot birlashmasiga olib borilgan. U tibbiyot mutaxassislari tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan. Birlamchi tashxisga ko‘ra, fuqaro I.S. mast ekani, ikkala oyog‘ining pastki qismida tirnalgan, yuz qismida shilingan jarohatlari mavjudligi qayd etilgan. Bemor kasalxonada qolishni istamagan”, — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, I.S. va uning turmush o‘rtog‘i X.Ch. holatni rasmiylashtirish maqsadida profilaktika inspektorining xizmat xonasiga olib kelinganidan keyin fuqaroning tobi qochgan. Chaqirtirilgan tez tibbiy yordam xodimlari I.S.ning qon bosimi yuqori bo‘lgani sababli uni turmush o‘rtog‘i Ch.X.ning kuzatuvi ostida tibbiy muolaja ko‘rsatish uchun tuman tibbiyot birlashmasiga olib ketishgan. Tibbiyot birlashmasi xodimlari bemorni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazgan va unga shu kuni, taxminan, soat 18:30 larda uyiga javob berilgan.

I.S. 27-iyul kuni tongda hushiga kelmagan, fuqaroning oila a’zolari uni tuman tibbiyot birlashmasiga olib borgan va holat haqida tuman ichki ishlar bo‘limiga xabar bergan.

“2020-yil 11-avgust kuni I.S. tuman tibbiyot birlashmasi jonlantirish bo‘limida tegishli muolajalarga qaramay koma holatidan o‘ziga kelmasdan vafot etgan.

Mazkur holat bo‘yicha To‘rtko‘l tumani prokuraturasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda”, — deya xabar qilgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV axborot xizmati.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yil 13-iyunda Andijonda qiynoqqa solingan fuqaro vafoti sabab 3 nafar IIB xodimi hibsga olingan, voqea 30-mayda Andijon shahar Salohiyat ko‘chasida yashovchi fuqaro A.A. tan jarohatlari bilan kasalxonaga olib kelinishidan boshlangan. Fuqaro 11-iyunda vafot etgan. 14-iyun kuni Andijon viloyati Andijon shahar bo‘yicha ichki ishlar organlari (IIO) faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi (FMB) boshlig‘i podpolkovnik Sodiq Usmonov mazkur voqea sabab ishdan olindi. Keyinroq IIBda besh kishi ishdan olingani va 19 kishi jazolangani ma’lum qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-08-2020, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют