» » To‘rtko‘lda fuqaro IIB xodimlari tomonidan olib ketilgach, komaga tushib vafot etdi. Holatni prokuratura o‘rganmoqda

To‘rtko‘lda fuqaro IIB xodimlari tomonidan olib ketilgach, komaga tushib vafot etdi. Holatni prokuratura o‘rganmoqda


Ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqalpog‘istonning To‘rtko‘l tumanida istiqomat qilgan fuqaro Ichki ishlar organi xodimlari olib ketganidan so‘ng sirli ravishda komaga tushgani va oradan 13 kun o‘tib, vafot etganiga oid xabarlar tarqaldi. Bosh prokuratura matbuot xizmati To‘rtko‘lda rostan ham shunday holat yuz berganini tasdiqladi, deb xabar beradi “Xabar.uz”.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 27-iyul kuni soat taxminan 07:40 larda To‘rtko‘l tumanida yashagan I.S. bosh miya yopiq jarohati, bosh miya lat yeyishi, miya komasi tashxisi bilan hushsiz holatda tuman tibbiyot birlashmasiga olib kelingan. Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan, bemor 11-avgust kuni (o‘ziga kelmasdan) vafot etgan.

Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda I.S. kasalxonaga olib kelinishidan bir kun avval — 26-iyul kuni soat taxminan 16:00 larda mast holatda o‘z uyida turmush o‘rtog‘i Ch.X. bilan janjal qilgan. Janjal xabari profilaktika inspektoriga yetib borgach, ikki nafar IIB xodimi I.S.ni Spark’da tayanch punktiga olib kelgan. O‘sha joyda I.S.ning mazasi qochgan va IIB xodimlari bu haqda uning turmush o‘rtog‘iga ma’lum qilgan. Ayol kelib, turmush o‘rtog‘ini (bu paytda u hushida bo‘lmagan) uyiga olib ketgan. I.S. ertasi kuni ham o‘ziga kelmagach, u tuman tibbiyot birlashmasiga olib borilgan.

Ta’kidlanishicha, hozirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi xodimlaridan iborat maxsus guruh tuzilgan. Guruh ayni paytda To‘rtko‘lda bo‘lib, voqelikka oid barcha holatlarni (birinchi navbatda IIB xodimlari marhumga jarohat yetkazgan-yetkazmaganini) sinchkovlik bilan o‘rganmoqda. Holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berilishi ma’lum qilingan.

Mavzuga doir: IIV Andijonda IIB xodimlari qiynoqlaridan vafot etgan fuqaro ishi yuzasidan uzr so‘radi

Eslatib o‘tamiz, 2020-yil 13-iyunda Andijonda qiynoqqa solingan fuqaro vafoti sabab 3 nafar IIB xodimi hibsga olingan, voqea 30-mayda Andijon shahar Salohiyat ko‘chasida yashovchi fuqaro A.A. tan jarohatlari bilan kasalxonaga olib kelinishidan boshlangan. Fuqaro 11-iyunda vafot etgan. 14-iyun kuni Andijon viloyati Andijon shahar bo‘yicha ichki ishlar organlari (IIO) faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi (FMB) boshlig‘i podpolkovnik Sodiq Usmonov mazkur voqea sabab ishdan olindi. Keyinroq IIBda besh kishi ishdan olingani va 19 kishi jazolangani ma’lum qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-08-2020, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют