» » RPL. “Rostov” Moskvada “Dinamo”ga yutqazib qo‘ydi

RPL. “Rostov” Moskvada “Dinamo”ga yutqazib qo‘ydi


Futbol bo‘yicha Rossiya Premyer Ligasining 3-turida “Rostov” 19-avgust, chorshanba kuni Moskvaning “Dinamo” klubi mehmoni bo‘ldi.

Uchrashuv teng kurashlar ostida o‘tdi, biroq maydon egalari vaziyatlardan foydalanishda samaraliroq harakat qildi. 42-daqiqada Maksimilian Filipp penaltini aniq bajarib, moskvaliklarni oldinga olib chiqdi. Bo‘lim yakunlanishi arafasida Nikolay Komlichenko mezbonlarning ikkinchi golini urdi.

Ikkinchi bo‘limda ham har ikki jamoa vakillarida imkoniyatlar bo‘ldi, biroq hisob o‘yin yakuniga qadar o‘zgarmadi. Uchrashuvda o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov to‘liq harakat qildi.

Ketma-ket ikkinchi o‘yinni boy bergan Valeriy Karpin shogirdlari 3 ochko bilan 10-o‘ringa tushib ketdi. “Dinamo” (7) esa vaqtinchalik peshqadamga aylandi.

RPL

3-tur bahsi

19-avgust, chorshanba

Gollar: 1:0 – 42, penalti Filipp, 2:0 – 45 Komlichenko.

“Dinamo”: Shunin, Yevgenev, Ordets, Skopinsev, Parshivlyuk, Shimanski (Karapuzov, 64), Fomin (Moro, 69), Kabore, Komlichenko (Igboun, 64), N`Ji (Terexov, 83), Filipp (Moskvichev, 83).

“Rostov”: Pesyakov, Kozlov (Bayramyan, 77), Osipenko, Chernov (Toshevski, 77), Hajikadunich, Yeremenko (Glebov, 67), Normann (Hashimoto, 77), Mamayev, Ionov (Kovalev, 87), Zaynutdinov, Shomurodov.

Ogohlantirishlar: Zaynutdinov (16), N`Ji (34), Normann (34), Shomurodov (54), Parshivlyuk (60).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-08-2020, 23:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют