» » Qozog‘istonda yaratilayotgan koronavirusga qarshi vaksinaning klinik bosqichdan oldingi sinovi yakunlandi

Qozog‘istonda yaratilayotgan koronavirusga qarshi vaksinaning klinik bosqichdan oldingi sinovi yakunlandi


Qozog‘istonda koronavirus infeksiyasiga qarshi “QazCovid-in®” vaksinasi klinik bosqichdan oldingi sinovdan o‘tdi. Bu haqda Kazinform xabar berdi.

Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ma’lum qilinishicha, COVID-19’ga qarshi inaktivatsiyalangan vaksinani (“QazCovid-in®”) Dori-darmonlar va tibbiy buyumlar milliy ekspertiza markazining Olmaota viloyati filiali farmakologik sinov laboratoriyasi bazasida sinovdan o‘tkazilgan.

Hayvonlarga vaksinaning kuchaytirilgan dozasi berilgan va uning xavfsizligi va toksikligi sinchkovlik bilan tekshirilgan. Ushbu tadqiqot mahalliy vaksina allergik reaksiyalar va qichitish, ta’sirchanlik keltirib chiqarmasligini ko‘rsatgan.

Qayd etilishicha, umumiy tadqiqot usullaridan tashqari, vaksinaning xavfsizligi qonning gematologik va biokimyoviy parametrlari bilan tasdiqlangan. Vaksinaning hayvonlar ichki a’zolariga ta’siri ham baholangan.

Klinik bosqichdan oldingi chuqur tadqiqotlar natijalari shuni ko‘rsatdiki, COVID-19’ga qarshi Qozog‘iston vaksinasi zaharli emas va keyingi klinik tadqiqotlar paytida ko‘ngillilarda ishlatilishi mumkin.

“Yangi vaksinaning samaradorligi va xavfsizligini to‘liq baholash uchun qozog‘istonliklarni emlash orqali yanada keng ko‘lamli klinik tadqiqotlar o‘tkazish kerak. Vaksinaning xavfsizligini faqat ishning barcha bosqichlari tugagandan so‘ng ishonch bilan aytish mumkin”, — dedi Dori-darmon va tibbiy buyumlar milliy ekspertiza markazining Olmaota farmakologik sinov laboratoriyasi rahbari, biologiya fanlari nomzodi, dotsent Valentina Shnaukshta.

Xabar berilishicha, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Qozog‘iston olimlarining ishlarini o‘z rasmiy veb-saytida ro‘yxatdan o‘tkazgan va uni klinik bosqichdan oldingi tadqiqotlar uchun tasdiqlangan COVID-19 vaksinasiga nomzodlar ro‘yxatiga kiritgan.

Mahalliy inaktivatsiya qilingan vaksina Qozog‘iston Ta’lim va fan vazirligi Fan qo‘mitasining Biologik xavfsizlik ilmiy-tadqiqot instituti xodimlari tomonidan ishlab chiqilgan. U qozog‘istonlik bemorlardan olingan virus shtammiga asoslangan.

Qozog‘istonlik olimlar koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqishni boshlagani haqida mart oyi oxirlarida ma’lum bo‘lgandi. 1-avgust kuni Qozog‘iston milliy agrar universitetidagi Xalqaro vaksinatsiya markazida mamlakatda koronavirus infeksiyasiga qarshi birinchi emlash o‘tkazildi.

Qozog‘istonda koronavirusga qarshi vaksinani ishlab chiqargan shaxs — Biologik xavfsizlik muammolari ilmiy-tadqiqot institutining o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar laboratoriyasi rahbari, veterinariya fanlari doktori Lespek Kutumbetov ushbu preparatni birinchilardan bo‘lib o‘zida sinovdan o‘tkazdi.

Avvalroq Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligining rasmiy vakili Bagdat Kojahmetov Qozog‘iston klinik sinovlarning barcha bosqichlari yakunlanmaguncha COVID-19 vaksinasini sotib olmoqchi emasligini ma’lum qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyada 11-avgust kuni koronavirusga qarshi vaksina ro‘yxatga olinganini Vladimir Putin e’lon qildi. Rossiya tomonidan ishlab chiqarilayotgan vaksina kamida 10 AQSh dollaridan sotilishi mumkinligi haqida ma’lum qilingan.

Bundan tashqari, Intellektual mulk ishlari bo‘yicha Xitoy davlat boshqarmasi COVID-19 koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksinaga birinchi patentni berdi. Xitoy tomonidan yaratilgan vaksina 2020-yil dekabr oyi oxirlarida 144 dollardan sotuvga chiqishi kutilmoqda.

Mavzuga doir: JSST rahbari koronavirusga qarshi vaksinani dunyo bo‘ylab teng taqsimlashga chaqirdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-08-2020, 23:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют